24.11.2026, Seshanba+15.7°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+15.7°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

"Los-Anjeles-2028": Özbekiston flag futbolida Olimpiya imkoniyati

Sport 24.11.2026 15:21 0Uza
"Los-Anjeles-2028": Özbekiston flag futbolida Olimpiya imkoniyati

Sport vazirligida “Los-Anjeles-2028” dasturiga kiritilgan Amerika futboli va flag futbolni rivojlantiriş va ommalaştiriş masalalariga bağişlab ötkazilgan taqdimotda şu haqda söz bordi.

Sport vaziri Adham Ikromov, Milliy olimpiya qömitasi boş kotibi Oybek Qosimov, Özbekiston Amerika futboli va flag futbol federatsiyasi raisi vazifasini bajaruvçi Iqboljon Mamajonov va mutaxassislar iştirok etgan taqdimotda Özbekistonda mazkur sport turining bugungi holati, erişilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda mamlakatimizda 3,8 ming nafardan ortiq sportçi flag futbol bilan şuğullanib kelmoqda. Ularga 66 ta muassasada 100 nafarga yaqin murabbiy amaliy va nazariy maşğulotlarni olib bormoqda.

Ötgan yili Toşkentda flag futbol böyiça 13 tadan ortiq jamoa iştirokida ilk bor Özbekiston çempionati ötkazilib, erkaklar va ayollar terma jamoalari şakllantirildi.

Joriy yil oktabr oyida Özbekiston Amerika futboli va flag futbol federatsiyasi Xalqaro Amerika futboli federatsiyasi (IFAF) aʼzoligiga qabul qilindiki, bu, yurtimiz flag futbolçilarining “Los-Anjeles-2028” yozgi Olimpiya öyinlari yöllanmalari uçun kuraşiş imkoniyatini kengaytirmoqda.

Taʼkidlanganidek, buning uçun Özbekistonda flag futbol infratuzilmasini kengaytiriş, murabbiylar malakasini oşiriş va terma jamoalarni xalqaro musobaqalarga tayyorlaş muhim ahamiyat kasb etadi.

T.Röziyev,

ÖzA

O‘xshash yangiliklar