“Real Madrid” futbolçisi jarohat oldi

“Real Madrid” klubi braziliyalik hujumçi Endrik çap oyoğidan jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Real Madrid” tibbiy xizmatlari tomonidan ötkazilgan tekşiruvlardan söng futbolçimiz Endrikning çap oyoğidagi adduktor muşaklaridan jarohat olgani aniqlandi. Uning tiklaniş jarayoni nazorat qilib boriladi”, deyiladi klub bayonotida.
Braziliyalik hujumçi jarohati sababli “Real Madrid”ning PSVga qarşi uçraşuvida maydonga tuşa olmaydi. Şuningdek, jamoa maşğulotida Denzel Dyumfris ham iştirok etmadi. U öng töpiğidan olgan jarohati sababli maydonga tuşa olmaydi.
20 yoşli braziliyalik futbolçining jarohati sababi va maydonga qaytiş muddati hozirça ma’lum qilinmagan. AS naşri xabar berişiça, hujumçi taxminan uç hafta davomida maydonga tuşa olmaydi.
Ma’lumot uçun, Endrik uşbu mavsumda “Real Madrid” safida barça musobaqalarda 8 ta uçraşuvda iştirok etib, 1 ta gol urgan.



