23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Liviyada Rossiyaning yana bir kemasi hujumga uchradi (video) | Daryo

Jahon 23.11.2026 11:02 0Daryo
Liviyada Rossiyaning yana bir kemasi hujumga uchradi (video) | Daryo

Liviyaning Bengazi shahri portida 22-noyabr kuni Rossiyaning “Merkuriy” harbiy kemasida portlash yuz bergandi. Ertasi kuni, 23-noyabrda ham shu hududda Rossiyaga tegishli yana bir kemaga hujum qilindi.

Taxminlarga ko‘ra, Ukrainaga tegishli dengiz droni Rossiyaning “Askalon” yuk kemasiga zarba bergan. Kema AQSH sanksiyalari ostida bo‘lib, harbiy yuklarni tashishda foydalanilgan.

https://twitter.com/almasartvlibya/status/2124555982881628237

“Askalon” Rossiyaning Kaliningrad viloyatidagi Baltiysk portidan yo‘lga chiqqani aytilmoqda. Sakkiz kun avval kema Gibraltar yaqinida qayd etilgan. Shundan so‘ng uning joylashuvi avtomatik identifikatsiya tizimi (AIS)da ko‘rinmay qolgan.

https://twitter.com/Osinttechnical/status/2124553755739771258

Ukraina mazkur kemadan qurol-yarog‘ tashishda foydalanilgan deb hisoblaydi. Ehtimol, “Askalon” “Suriya ekspressi” deb ataladigan yo‘nalishda qatnaydigan kemalardan biridir. Ushbu yo‘nalish orqali Rossiyaning Qora dengizdagi portlaridan Bosfor bo‘g‘ozi orqali Suriyaga harbiy yuklar yetkaziladi. Liviya va Rossiya rasmiylari hozircha “Askalon” kemasiga qilingan ehtimoliy hujum yuzasidan izoh bermagan.

Ma’lumot o‘rnida, 22-noyabrda Liviyada Rossiyaning kemasi portlatib yuborildi. Bundan tashqari, Fin ko‘rfazida Rossiya harbiy texnikasini tashish uchun foydalanilgan “Sparta II” quruq yuk kemasi Ukraina droni hujumiga uchradi.

Hujumlar oqibatida ikkala kemada ham yong‘in chiqqan. “Sparta II” ekipaji evakuatsiya qilingan. “Merkuriy”dagi portlash oqibatida jabrlanganlar bor, ularning soni aniqlanmagan. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ko‘ra, harbiy kema cho‘kib ketgan.

O‘xshash yangiliklar