24.11.2026, Seshanba+12.2°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+12.2°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

“Milan” “Real” hujumchisi uchun 70 mln yevro taklif qildi — OAV | Daryo

Sport 24.11.2026 17:17 0Daryo
“Milan” “Real” hujumchisi uchun 70 mln yevro taklif qildi — OAV | Daryo

Italiyaning “Milan” klubi Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Endrikni yanvar oyidayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Cadena SER nashri xabariga ko‘ra, milanliklar 20 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 70 million yevro taklif qilgan.

Jurnalist Anton Meananing yozishicha, Italiya klubi rahbariyati futbolchini qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shmoqchi. Bu haqda futbolchining o‘ziga ham ma’lum qilingan. Agar kelishuv yanvarda amalga oshmasa, “Milan” yozda yana muzokaralarga qaytishi mumkin.

Biroq “Real” hujumchi bilan xayrlashishga shoshilmayapti. Manbaga ko‘ra, madridliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyo Endrikni jamoada saqlab qolish tarafdori. Mutaxassis uning darajasidagi yoki undan kuchliroq futbolchi topish oson bo‘lmaydi, deb hisoblamoqda. Qolaversa, mavsum davomida Kilian Mbappe jarohat olgan taqdirda, uning o‘rnini aynan Endrik egallashi kutilmoqda. Shu bois Mourinyo braziliyalik hujumchini qo‘yib yuborishga qarshi chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, Endrik joriy mavsumda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 40 million yevroga baholagan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2030-yilga qadar amal qiladi.

Chempionlar Ligasining 7 karra g‘olibi bo‘lgan “Milan” esa Italiya chempionatining 12-turidan so‘ng turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

O‘xshash yangiliklar