O‘zbekistonlik oila deportatsiya xavfi sabab Niderlandiyadagi cherkovda ikki yil yashadi | Daryo

To‘rt farzandli oila 2014-yildan beri Niderlandiyada istiqomat qiladi. Ular yashash guvohnomasini olish uchun yangi ariza topshirgan. Mazkur jarayon yakunlanganiga qadar oilaga mamlakatda qonuniy ravishda qolishga ruxsat beriladi. Oila Davlat kengashining qaroriga tayanib, cherkovni o‘z ixtiyori bilan tark etishga qaror qilgan.
Iyul oyida Davlat kengashi Niderlandiyada yillar davomida yashab, bu yerda o‘z hayotini yo‘lga qo‘ygan, farzandlari bor uch nafar boshpana izlovchi oilaga mamlakatda qolishga ruxsat bergandi



