“Barselona”ning Bakudagi öyiniga çipta narxi qanday?

Bugun, 25 noyabr kuni UEFA Çempionlar ligasi umumiy bosqiçining beşinçi turi doirasida bölib ötadigan “Sabah” va “Barselona” örtasidagi uçraşuv uçun barça çiptalar sotib bölindi. Bu haqda “İdman” naşri xabar berdi.
Ozarbayjon klubi matbuot xizmati rahbari Elnur Hamidov naşrga bergan ma’lumotga köra, paketli sotuvlar ham hisobga olinganda, uçraşuv uçun şu vaqtga qadar 66 mingta çipta sotilgan. Baku Olimpiya stadionida bölib ötadigan uçraşuv Toşkent vaqti bilan 22:45 da boşlanadi.
Ma’lumotlarga köra, Baku şahrida bölib ötadigan “Sabah” – “Barselona” uçraşuviga çiptalar 8,8 dollardan 882 dollargaça bölgan narxlarda sotuvga çiqarilgan. Uçraşuv uçun çiptalar savdosi joriy yilning 19 oktyabr kuni boşlangan. Rasmiy sotuv platformasi ma’lumotlariga köra, çiptalarning eng arzoni 15 ozarbayjon manati (taxminan 8,8 dollar), eng qimmati esa VIP zona uçun 1500 manat (taxminan 882 dollar) etib belgilangan.
Qiziği, “Barselona”ning Çempionlar ligasi doirasidagi öz maydonidagi uçraşuvi çiptalari bugungidan ança qimmat. Jamoa joriy yilning 8 dekabr kuni “Mançester Siti”ni qabul qiladi. Uşbu bahs uçun çiptalar rasmiy agentlardan birida 390 yevro (taxminan 450 dollar)dan boşlanadi.
Ma’lumot uçun, törtta turdan söng “Sabah” hisobida uç oçko mavjud. Baku klubi turnir jadvalida 30-örinni egallab turibdi. “Barselona” esa 9 oçko bilan 8-poğonada bormoqda.



