Robert Pattinson Gollivuddan ipotekaga olgan uyi uchun 66 yoshigacha kredit to‘laydi | Daryo

Britaniyalik aktyor Robert Pattinson 2022-yilda Gollivud tepaliklaridagi uyni ipotekaga sotib olgan. Kredit bo‘yicha oxirgi to‘lov 2052-yilga belgilangan. Uyning umumiy narxi 5,3 million dollarni, kredit miqdori esa 3 million dollarni tashkil etgan. Qarz ipoteka qarzi to‘liq uziladigan vaqtga kelib esa aktyor 66 to‘lgan bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 40 yoshli aktyor har oyda bankka qariyb 13,5 ming dollar to‘lab boradi. Ipoteka muddati davomida foizlar miqdori deyarli 1,9 million dollarga yetadi.
Hozirda Pattinson qallig‘i Syuki Uoterxaus hamda ikki yoshli qizi bilan Beverli Hillzdagi ijaraga olingan uyda yashamoqda. Oila aktyorning suratga olish ishlari tufayli bungacha Nyu York, Yangi Orlean va Londonning g‘arbiy qismida ham istiqomat qilgan.
Ipotekaga olingan uy 1939-yilda an’anaviy ispan me’morchiligi uslubida qurilgan. Unda uchta yotoqxona va hovlisida esa kichik basseyn bor. Uyni ko‘chadan baland darvoza va qalin o‘simliklardan iborat yashil to‘siq ajratib turadi.
Avvalroq Robert Pattinson yangi uyga ko‘chib o‘tgani haqida gapirib, oilaviy hayot uning avvalgi turmush tarzini sezilarli darajada o‘zgartirib yuborganini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli aktyor Yangi Jeyms bond obrazi uchun o‘tkazilgan kinosinovdan o‘tgani uchun 1 million dollarga ega bo‘lgan edi.


