23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Tramp Huangning Nvidia rahbarligiga qaytishini olqishladi, kompaniya aksiyalari esa keskin oshdi | Daryo

Jahon 23.11.2026 20:36 0Daryo
Tramp Huangning Nvidia rahbarligiga qaytishini olqishladi, kompaniya aksiyalari esa keskin oshdi | Daryo

AQSH rahbari Huangni “chinakam vatanparvar va milliy boylik” deb atadi. Uning aytishicha, AQSH hukumatida Huangning qonunni buzganini tasdiqlovchi dalillar yo‘q. Prezident uning Nvidia rahbarligiga qaytishi AQSH xavfsizligiga xavf tug‘dirmasligini ham ta’kidladi.

Shu bilan birga, Tramp Nvidia mahsulotlarini xorijga sotishda AQSHning eksport cheklovlariga qanchalik amal qilinayotganini tekshirishni davom ettirishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, 23-noyabr kuni Nvidia direktorlar kengashi Huangni kompaniya bosh direktori va prezidenti lavozimiga qaytarishga qaror qildi. Rasmiy bayonotda u darhol lavozimga kirishishi aytilgan.

Qaror e’lon qilinganidan bir necha daqiqa o‘tib, Nvidia aksiyalari 20 foizdan ko‘proqqa qimmatlashdi. Bitta aksiya narxi 136 dollardan 164 dollargacha ko‘tarildi.

Ma’lumot uchun, Huang noyabr o‘rtalarida shaxsiy hayoti bilan bog‘liq mojaro ortidan lavozimini tark etgandi. Uning Xitoy foydasiga josuslikda gumonlanayotgan ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan. Mojaro ortidan Nvidia mustaqil tekshiruv boshlagan. Tekshiruvda Huang xorijiy razvedka xizmatlarining nishoniga aylangan-aylanmagani, shuningdek, kompaniyaning AQSH eksport cheklovlariga rioya qilgani o‘rganilmoqda.

O‘xshash yangiliklar