23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Tramp Yangi yildan keyin Eronga yangi zarbalar berilishini aytdi | Daryo

Jahon 23.11.2026 14:45 0Daryo
Tramp Yangi yildan keyin Eronga yangi zarbalar berilishini aytdi | Daryo

Shuningdek, Amerika yetakchisi vatandoshlarini xavotir olmaslikka chaqirdi va bu qurollarning barchasi hech qanday zarar yetkazmasdan yo‘q qilinganini aytdi.

Iyun oyi o‘rtalarida Vashington va Tehron tinchlik jarayonini boshlashga qaratilgan memorandumni imzolagan edi. Biroq uch haftadan so‘ng hujumlar yana boshlandi. O‘shandan beri har ikki tomon vaziyatni hal qilishga harakat qilmoqda, ammo kelishmovchiliklar tufayli bu urinishlar hozircha samara bermayapti.

Sentyabr oyi oxirida Eron AQSHga dengiz blokadasi va eksport cheklovlarini bekor qilish evaziga Hormuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha yetti kunlik rejani o‘z ichiga olgan takliflarni taqdim etdi. Tramp buni rad etdi.

Shunga qaramay, Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abbos Aroqchi ta’kidlaganidek, tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda va Tehron ham harbiy javobga, ham diplomatik yechimga tayyor.

O‘xshash yangiliklar