24.11.2026, Seshanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 24.11.2026

Turkiya chempionati. Shomurodov gol urgan bahsda “Bashakshehir” kambek evaziga g‘alaba qozondi | Daryo

Sport 24.11.2026 00:00 0Daryo
Turkiya chempionati. Shomurodov gol urgan bahsda “Bashakshehir” kambek evaziga g‘alaba qozondi | Daryo

Turkiya Superligasining 12-turida “Bashakshehir” o‘z maydonida “Chorum”ni qabul qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ikki to‘p farqi bilan ortda borayotgan istanbulliklar uchrashuv yakunida kambek amalga oshirdi.

Bahsda hisobni mehmonlar ochdi: 29-daqiqada Smolchichning uzatmasidan so‘ng Xesus Ramires “Chorum”ni oldinga olib chiqdi — 0:1. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Ermin Mahmich Andrey Borzaning pasini golga aylantirib, farqni ikkitaga oshirdi (0:2).

Shundan so‘ng maydon egalari bosimni kuchaytirdi va kambekni o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov boshlab berdi. U 77-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni qisqartirdi — 1:2. Oradan besh daqiqa o‘tib, zaxiradan maydonga tushgan Bertug‘ Yildirim Onur Bulutning uzatmasidan keyin muvozanatni tikladi (2:2). 86-daqiqada Ivan Brnichning pasidan unumli foydalangan Yildirim jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi — 3:2. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda (90+1) esa hujumchi uchinchi golini ham urib, het-trik qayd etdi va yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:2.

Mazkur g‘alabadan keyin “Bashakshehir” hisobidagi ochkolar soni 20 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 7-pog‘onaga ko‘tarildi. Mag‘lub bo‘lgan “Chorum” esa 16 ochko bilan 11-o‘rinni band etgan.

Turkiya Superligasi, 12-tur

“Bashakshehir” — “Chorum” 4:2

Gollar: 0:1 — Xesus Ramires (29), 0:2 — Ermin Mahmich (68), 1:2 — Eldor Shomurodov (77), 2:2 — Bertug‘ Yildirim (82), 3:2 — Bertug‘ Yildirim (86), 4:2 — Bertug‘ Yildirim (90+1).

“Bashakshehir”: Muhammed Shengezer, Saba Xarebashvili, Jerom Opoku, Emin Bayram (Onur Ergun, 18; Onur Bulut, 46), Mixal Karbovnik, Yakub Kaluzinski (Umut Bozok, 69), Olivye Kemen, Ivan Brnich, Eldor Shomurodov, Andreas Skov Olsen (Edin Vishcha, 63), Devi Zelke (Bertug‘ Yildirim, 69).

“Chorum”: Erenturk, Penetra, Chaglar Soyunju, Smolchich, Andrey Borza (Jemali Sertel, 78), Ylber Ramadani, Diomande, Gurpuz (Emirjan Gurluk, 55), Karlsbakk (Ermin Mahmich, 55), Kiziridis (Ahmed Ildiz, 87), Xesus Ramires (Yussufa Mukoko, 86).

O‘xshash yangiliklar