Eldor Shomurodov 9-golini urdi, «Bashakshehir» 0:2 dan so‘ng «Chorum»ni 4:2 hisobida yengdi

Turkiya chempionatining 12-turida «Bashakshehir» o‘z maydonida «Chorum» bilan to‘qnash keldi. Mehmonlar 2:0 hisobida oldinga chiqib olganiga qaramay, yakunda istanbulliklar irodali g‘alabani ilib ketdi — 4:2.
O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi va 78-daqiqada jamoasining ilk goliga mualliflik qilib, kambekni boshlab berdi. Bu hujumchi uchun Turkiya Superligasi joriy mavsumidagi 9-gol bo‘ldi.
13 daqiqa ichidagi 4 ta gol va turnir jadvalidagi holat
Uchrashuvning 29-daqiqasida Ramires, 68-daqiqasida esa Mahmich gol urib, «Chorum»ni qulay ustunlikka olib chiqqandi. Biroq 78-daqiqada Shomurodov hisobdagi farqni qisqartirgach, 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Yildirim haqiqiy qahramonga aylandi — u 82, 86 va 90+1-daqiqalarda raqib darvozasini uch bor ishg‘ol qilib, het-trik rasmiylashtirdi.



