23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Yevropa Ittifoqi Tojikiston Putinni hibsga olmagani uchun norozilik bildirdi | Daryo

Jahon 23.11.2026 09:02 0Daryo
Yevropa Ittifoqi Tojikiston Putinni hibsga olmagani uchun norozilik bildirdi | Daryo

Rossiya prezidentining Tojikistonga tashrifi

Putin Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitidan so‘ng 19-noyabr kuni Tojikistonga amaliy tashrif bilan keldi. Asia-Plus nashrining yozishicha, muzokaralarda Rossiyaning 201-harbiy bazasi faoliyati, Tojikiston–Afg‘oniston chegarasidagi vaziyat, mehnat migratsiyasi va investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Yevropa Ittifoqi Tojikistonni 2025-yil oktyabr oyida XJSning Rossiya prezidentini hibsga olish orderi bilan bog‘liq majburiyatlarini bajarmagani uchun tanqid qilgandi.

Putin va Lvova-Belovani hibsga olish orderi

Xalqaro jinoiy sud 2023-yil mart oyida Vladimir Putinni hibsga olish uchun order bergan. Rossiya prezidenti bosib olingan Ukraina hududlaridan bolalarni noqonuniy ko‘chirish kabi harbiy jinoyatlar uchun javobgar ekani ta’kidlangan. Bir vaqtning o‘zida order Rossiyadagi bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovaga ham berilgan.

Putin 2024-yil sentyabr oyida Xalqaro jinoiy sud a’zosi bo‘lgan va Rim statutini ratifikatsiya qilgan Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurgandi. O‘shanda bu mamlakat ham Rossiya prezidentini hibsga olish bo‘yicha orderni ijro etish choralarini ko‘rmagan.

O‘xshash yangiliklar