25.11.2026, Chorshanba+10.8°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+10.8°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Bahodir Jurayev

Siyosat 25.11.2026 09:27 0Gazeta
Bahodir Jurayev

Bahodir Ibragimovich Jurayev “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.

Bahodir Jo‘rayev 1966-yil 3-dekabrda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. 1990-yil Toshkent davlat politexnika institutini elektr stansiyalari yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

U 2006−2009-yillarda “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik jamiyati “Navoiy IES” ochiq aksiyadorlik jamiyati direktori, 2009−2013-yillarda Navoiy shahar hokimi sifatida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatida ham qator lavozimlarda ishlagan.

Jurayev 2023-yilning iyulidan buyon “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Yangi lavozimda u 23-noyabr kuni energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan Abdumalik Nazirov o‘rnini egalladi.

O‘xshash yangiliklar