25.11.2026, Chorshanba+10.8°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+10.8°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

O‘zbekiston prezidentining nabirasiga yozgan maktubi butun mamlakat bo‘ylab muhokama qilinib, o‘rganilmoqda

Siyosat 25.11.2026 20:23 0Gazeta
O‘zbekiston prezidentining nabirasiga yozgan maktubi butun mamlakat bo‘ylab muhokama qilinib, o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda deputatlarga prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yozilgan “Suyukli nabiram Shavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub” matnini o‘rganishni taklif qildi. Maktub prezidentning Iordaniyaga parvozi vaqtida yozilgan.

Majlis boshida spiker maktub bir kun avval ommaga e’lon qilinganini, televideniyedagi axborot dasturlarida namoyish etilganini va gazetalarda chop etilganini ta’kidladi. Uning aytishicha, deputatlar ham ertalabdan maktubning mazmuni va mohiyati haqida fikr almashgan.

“Albatta, har bir deputat, har bir xodim uni chuqur anglab yetishi kerak, deb hisoblaymiz. Maktub juda mazmunli”, — dedi Nuriddin Ismoilov.

Spikerning aytishicha, maktubda katta va yosh avlod o‘rtasidagi munosabatlar, tarbiya masalalari, kelajak avlodga bildirilgan tilaklar, katta avlod hayoti hamda bugungi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar aks etgan.

“Shuning uchun, bu maktubni fraksiyalarimiz va qo‘mitalarimizda o‘rganib chiqishimiz kerak, deb o‘ylayman. Har birimiz undan o‘ziga tegishli xulosa chiqarishi lozim. Axir, barchamizning uyimizda yosh avlod vakillari, nabiralarimiz va farzandlarimiz bor. Bu maktubdan ularga qanday e’tibor qaratishimiz kerakligini anglab olishimiz zarur”, — dedi u.

Davlat rahbari o‘z maktubida nabirasiga bergan nasihatlari O‘zbekistonning barcha bolalariga qaratilgan tilaklar ekanini ta’kidlagan.

Deputatlar, senatorlar, jamoat tashkilotlari rahbarlari, jamoat arboblari, pedagoglar, boshqa soha vakillari hamda mehnat faxriylari gazetalarda maktub haqidagi fikrlarini bildirmoqda.

Senator, “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Sodiqjon Turdiyev maqolasi. Foto: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi.Senator, “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Sodiqjon Turdiyev maqolasi. Foto: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi.

Maktub mamlakatdagi maktablar, oliy ta’lim muassasalari va boshqa ta’lim tashkilotlarida, korxonalar hamda tashkilotlarda ham muhokama qilinmoqda.

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi maktabda maktub muhokamasi. Foto: Viloyat hokimligi.Toshkent viloyati Qibray tumanidagi maktabda maktub muhokamasi. Foto: Viloyat hokimligi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” kompaniyasidagi muhokama.“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” kompaniyasidagi muhokama.

O‘zA xabar berishicha, “Nuroniy” jamg‘armasining O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqaruv raisi Sodiqjon Turdiyev Sirdaryo tumanidagi yig‘ilishda shunday degan:

“Men ham ushbu maktubni o‘qib chiqib, juda ta’sirlandim. Unda oilaviy mehr, farzand tarbiyasi, avlodlar o‘rtasidagi munosabatlar va insonning hayotdagi mas’uliyati haqidagi muhim fikrlar jamlangan. Biz ham nabiralarimizni erkalatamiz, ularga mehr ko‘rsatamiz. Ammo faqat erkalatish bilan cheklanib qolmasdan, ularning tarbiyasi, kelajagi, hayotda o‘z o‘rnini topishi haqida ham qayg‘urishimiz kerak. Menimcha, ushbu maktub har birimiz uchun o‘ziga xos saboqdir”.

O‘xshash yangiliklar