Suvni tejaş – barqaror taraqqiyotning muhim şarti

Kanallarni betonlaştiriş, yerlarni lazer yordamida tekislaş, suv sarfini raqamli hisobga oliş va kam suv talab qiladigan ekinlar uluşini oşiriş ham umumiy samaraga xizmat qildi. Bundan taşqari yangi suğoriş texnologiyalari ham bu natijaga hissa qöşdi.
Iqlim özgarişi, qurğoqçilik xavfining ortişi, aholi va iqtisodiyotning suvga ehtiyoji kuçayib borayotgan şaroitda mavjud resursdan samarali foydalaniş tobora muhim bölib bormoqda. Ayniqsa, suvning katta qismi sarflanadigan qişloq xöjaligida har bir kub metrning hisobi ahamiyatli.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori bu yönalişdagi vazifalarni kengaytirdi.
Qarorga köra, 2026-2028-yillarda suv tejovçi texnologiyalar joriy etilgan maydonlar 3,5 million gektarga yetkaziladi. 220 ming gektarda tomçilatib, 110 ming gektarda yomğirlatib suğoriş texnologiyalari joriy etiladi. Yana 600 ming gektar yer lazer yordamida tekislanadi. Bundan közlangan asosiy maqsad har yili 5 milliard kub metr suvni tejaş.
Suv tejovçi texnologiyalarning işlaş tamoyilini oddiy misollar orqali tuşuntiriş mumkin. Anʼanaviy suğorişda suv dala böylab oqiziladi. Suvning bir qismi buğlanadi, bir qismi esa ösimlik ildizi uçun zarur bölgan miqdordan ortiqça tuproqqa singadi. Tomçilatib suğorişda esa suv quvurlar orqali bevosita ösimlik ildiziga yetkaziladi. Yomğirlatib suğoriş uni maydon böylab bir tekis tarqatadi. Lazerli tekislaş yerdagi baland-pastliklarni kamaytirib, suvning teng taqsimlanişiga yordam beradi.
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti Suv resurslaridan kompleks foydalaniş laboratoriyasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Malika Ikromova ham suv tejaşni oziq-ovqat xavfsizligi va ekologik barqarorlik bilan boğlaydi.
U özining “Suv resurslari: samaradorlik va barqarorlik strategiyasi” maqolasida şunday yozadi:
– Suv resurslari taqçilligi ortib borayotgan va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş zarur bölgan şaroitda suvdan oqilona va samarali foydalaniş har qanday davlat uçun asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda. Şu bilan birga, suvdan samarali foydalaniş ekotizimlarni saqlab qolişning ham hayotiy zarur şarti hisoblanadi.
Şuningdek, qarorda moliyaviy rağbat bilan birga suvdan foydalanişda masʼuliyatni kuçaytiriş mexanizmlari ham belgilangan. 2027-yildan suv soliği va subsidiya miqdori yer maydonlarining suv bilan taʼminlanganlik holatiga qarab belgilanadi. Suv taʼminoti barqaror bölmagan hududlarda suv tejovçi texnologiya joriy etgan xöjalikka subsidiya 1,25 koeffitsiyent bilan hisoblanadi. Suv bilan barqaror taʼminlangan hududda esa bunday texnologiyani joriy etmagan xöjalik ikki baravar yuqori stavkada suv soliği tölaydi.
Oddiy qilib aytganda, suv tanqis hududda tejamkor texnologiya joriy etgan fermer köproq qöllab-quvvatlanadi. Suv bilan barqaror taʼminlangan joyda esa suvni tejaş çorasini körmagan xöjalik yuqoriroq soliq tölaydi.
Bundan taşqari, kredit asosidagi loyihalarda ham nazorat kuçaytiriladi. Har gektar uçun 20 million sömgaça kredit ajratiladi. Foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori, ammo 10 foiz bandigaça bölgan qismi davlat hisobidan qoplanadi. Pudratçiga yakuniy tölov texnologiya haqiqatda örnatilganini tasdiqlovçi mustaqil ekspert xulosasidan keyin amalga oşiriladi.
Suvni samarali boşqariş uçun uni aniq hisobga oliş ham zarur hisoblanadi. 2027-yildan şoli yetiştiriladigan maydonlarning suv kiriş qismida, baliqçilik xöjaliklarida esa suv kiriş va çiqiş nuqtalarida “aqlli” hisoblaş vositalari majburiy böladi.
Ular Suv xöjaligi vazirligining “Suv hisobi” axborot tizimiga ulanadi. Belgilangan uskuna örnatilmasa, suvdan foydalanganlik uçun soliq stavkasi ikki baravar oşiriladi.
Professor Malika Ikromova bu mexanizmni şunday izohlaydi:
– Bunday yondaşuv har bir qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçisining suv bilan taʼminlanganlik holatini aniqlaşda şaffoflik va xolislikni taʼminlaydi. Bu esa öz navbatida davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş va soliqqa tortiş çoralarining adolatli qöllanilişini kafolatlaydi. Raqamli hisob suv taʼminoti va isteʼmoli böyiça aniq maʼlumot oliş imkonini beradi. Bu subsidiya va soliq mexanizmlarini hududlarning real suv taʼminotidan kelib çiqib qöllaş uçun ham zarur.
2026-yilning ön oylik natijalari suv tejaşda bir neçta yönaliş bir vaqtda işlayotganini körsatadi. Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi maʼlumotiga köra, yanvar-oktabr oylarida respublika böyiça 10 milliard 690 million kub metr suv tejalgan. Şundan 4 milliard 935 million kub metri suv tejovçi texnologiyalar va yerlarni lazerli tekislaş hisobiga töğri keladi. Irrigatsiya tarmoqlarini taʼmirlaş, tiklaş va betonlaştiriş orqali 3 milliard 141 million kub metr suv iqtisod qilingan. Raqamli texnologiyalar hisobiga 671 million kub metr, ilğor agrotexnik tadbirlar va kam suv talab qiladigan ekinlar orqali esa 1 milliard 944 million kub metr suv tejalgan.
Raqamli boşqaruv ham suv xöjaligi tizimining muhim qismiga aylanmoqda. Vazirlik maʼlumotiga köra, 13 ming 310 ta suv xöjaligi obʼektiga “Aqlli suv” qurilmalari örnatilgan. 12 ming 859 ta meliorativ kuzatuv quduği “Dayver” uskunalari bilan jihozlangan.
1 ming 935 ta nasos stansiyasida suv sarfini onlayn kuzatiş yölga qöyilgan, 106 ta yirik obʼekt avtomatlaştirilgan. “Suv hisobi” tizimi orqali 97,5 ming suvdan foydalanuvçi bilan elektron şartnoma rasmiylaştirilgan va 817 mingta dalolatnoma şakllantirilgan.
Bu tizimlar suvni ölçaş, taqsimlaş va sarfini nazorat qiliş uçun aniq maʼlumotlar bazasini kengaytirmoqda. Texnologiya va raqamli tizimlarning samarasi kadrlar malakasiga ham boğliq. Şu bois Prezident qarorida suv tejovçi texnologiyalarni örnatiş va ulardan foydalaniş böyiça mutaxassislar tayyorlaş, amaldagi kadrlar malakasini oşiriş va Xitoyning Şinjon hududi tajribasini örganiş vazifalari belgilangan.
Suvdan samarali foydalaniş qişloq xöjaligi hosildorligi bilan birga mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik barqarorligi va kelgusi avlodlar uçun suv resurslarini asraş bilan ham bevosita boğliq.
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA muxbiri.



