25.11.2026, Chorshanba+10.8°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+10.8°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Ömon, Iordaniya va Turkiya bilan erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş çoralari körib çiqildi

Siyosat 25.11.2026 21:12 0Uza
Ömon, Iordaniya va Turkiya bilan erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş çoralari körib çiqildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev xorijiy taşriflar yakunlari böyiça erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş, şuningdek, 2027-yilda mamlakatimizda yirik xalqaro tadbirlarni ötkazişga tayyorgarlik köriş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

16-17-noyabr kunlari Ömon Sultonligiga va 23-24-noyabr kunlari Iordaniya Hoşimiylar Podşohligiga amalga oşirilgan davlat taşriflari Özbekistonning uşbu mamlakatlar bilan munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqdi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida strategik şeriklik töğrisida bitimlar imzolandi, uzoq muddatli istiqbolga möljallangan amaliy hamkorlikning keng qamrovli kun tartibi şakllantirildi.

Image

Ömonga davlat taşrifi doirasida 30 dan ortiq ikki tomonlama hujjat imzolanib, 5 milliard dollarlik qöşma loyihalar portfeli şakllantirildi. Özaro tovar ayirboşlaş hajmini 1 milliard dollarga yetkaziş maqsad qilindi.

Energetika, elektrotexnika, kimyo va toğ-kon sanoati, şaharsozlik, qişloq xöjaligi, moliya va raqamli texnologiyalar sohalarida hamkorlikning istiqbolli yönalişlari belgilab olindi.

Image

Iordaniyaga davlat taşrifi davomida esa 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi va imzolandi. Ular orasida Imtiyozli savdo töğrisidagi bitim alohida ahamiyatga ega bölib, uning amalga oşirilişi özaro tovar ayirboşlaş hajmini 500 million dollarga yetkazişga xizmat qiladi.

Töqimaçilik korxonalarini oçiş, muhim minerallarni özlaştiriş, farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş, mineral öğitlar işlab çiqariş va agrosanoat klasterlarini barpo etiş böyiça qöşma loyihalar rejalaştirilgan.

Image

Yiğilişda Turkiya bilan erişilgan kelişuvlarning ijro holati ham atrofliça körib çiqildi.

Joriy yil yanvar oyida davlatimiz rahbarining Anqara şahriga rasmiy taşrifi va Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengaşining törtinçi yiğilişi yakunlari böyiça keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini yanada çuqurlaştirişning ustuvor yönalişlari belgilab olingan edi. Özaro tovar ayirboşlaş hajmini 5 milliard dollarga yetkaziş, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş va hududlararo aloqalarni faollaştiriş vazifalari qöyildi.

Uşbu kelişuvlarni amalga oşiriş yölidagi muhim qadam sifatida joriy yil oktabr oyida Anqara şahrida ikki mamlakat yetakçilarining muzokaralari yakunida Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşi taʼsis etildi.

19-noyabr kuni Toşkent şahrida Turkiyaning 150 dan ortiq kompaniyasi vakillari iştirokida ötkazilgan kengaşning birinçi yiğilişi doirasida 11,2 milliard dollarlik investitsiya va savdo kelişuvlariga erişildi.

Parrandaçilik va boğdorçilik, soğliqni saqlaş, farmatsevtika, şaharsozlik, geologiya va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytiriş uçun qöşimça imkoniyatlar mavjud.

Yiğilişda imzolangan hujjatlar ijrosini taʼminlaş, investitsiya loyihalarini jadal işlab çiqiş, ularni moliyalaştiriş manbalarini aniqlaş va zarur infratuzilmani yaratiş böyiça birinçi galdagi vazifalar belgilab olindi.

Har bir mamlakat böyiça aniq çora-tadbirlar, ularni amalga oşiriş muddatlari va masʼul ijroçilar körsatilgan kompleks “yöl xaritalari”ni şakllantiriş zarurligi taʼkidlandi.

Şuningdek, turizm, taʼlim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi kelişuvlarni röyobga çiqariş, töğridan-töğri aviaqatnovlar va hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş muhimligi qayd etildi.

Vazirliklar, tarmoqlar va hududlar rahbarlariga xorijlik şeriklar bilan doimiy muloqotni yölga qöyiş, qöşma loyihalarning amalga oşirilişiga tizimli kömaklaşiş va yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor hal etiş topşirildi.

Yiğilişda yil boşidan buyon amalga oşirilgan boşqa xorijiy taşriflar va oliy darajadagi muzokaralar yakunida erişilgan kelişuvlarning ijrosi ham körib çiqildi.

Şu bilan bir qatorda, 2027-yilda bölib ötadigan yirik xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik köriş masalalari muhokama qilindi. Ularning kun tartibini mazmunli qilib şakllantiriş, köp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan taşabbus va takliflarni işlab çiqişga alohida eʼtibor qaratildi.

Masʼul idoralarga tadbirlarga mazmuniy va taşkiliy jihatdan tayyorgarlikning barça yönalişlarida hamjihatlikda iş olib boriş, xorijlik şeriklar bilan zarur maslahatlaşuvlar ötkaziş va bölajak tadbirlarni yuksak saviyada taşkil etiş uçun barça şaroitlarni yaratiş topşirildi.

Yiğilişda elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirişning ustuvor vazifalari ham körib çiqildi.

2030-yilga qadar tarmoqda işlab çiqariş hajmini 130 trillion sömga, eksportni 5 milliard dollarga yetkaziş, qiymati 11 milliard dollardan ziyod bölgan investitsiya loyihalari portfelini şakllantiriş maqsad qilingan. 2027-2029-yillarda oltita istiqbolli yönalişda 164 ta loyihani amalga oşiriş közda tutilgan.

Zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etiş, mahalliy xomaşyoni çuqur qayta işlaş, mahalliylaştiriş darajasini oşiriş, milliy işlab çiqaruvçilarning global taʼminot zanjirlaridagi örnini mustahkamlaş va mahalliy brendlarni taşqi bozorlarga olib çiqişga alohida eʼtibor qaratildi.

Yuqori malakali kadrlar tayyorlaş, jumladan, “Ming nafar muhandis-konstruktor” dasturini amalga oşiriş tarmoqni yanada rivojlantirişning muhim omili böladi.

O‘xshash yangiliklar