Boku şahrida Ikkinçi Ozarbayjon – Özbekiston parlamentlararo forumi bölib ötmoqda

Anjumanni Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Raisi Sahiba Gafarova va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva kiriş sözi bilan oçib berdi.
Sahiba Gafarova öz nutqida parlamentlararo hamkorlik ikki davlat örtasidagi munosabatlar tizimida muhim örin tutişini taʼkidladi.
– 2025-yil iyul oyida Xiva şahrida Birinçi parlamentlararo forum bölib ötgan edi, — dedi S.Gafarova. – Ötgan davr mobaynida mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlik sezilarli darajada kengaydi, yuqori darajadagi faol siyosiy muloqot izçil davom etmoqda. Ikkinçi forumning Boku şahrida ötkazilayotgani uşbu muloqot formatiga bölgan özaro intilişimiz va erişilgan kelişuvlarni amaliy jihatdan röyobga çiqariş yölidagi qatʼiy irodamizni namoyon etadi.

Xalqlarimiz örtasidagi keng kölamli aloqalarni rivojlantiriş masalasi davlat rahbarlarining doimiy eʼtiborida ekani qayd etildi. Özbekiston va Ozarbayjon örtasida Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomaning imzolangani ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqiçni boşlab berdi. Joriy yilning 2 va 3-noyabr kunlari mazkur şartnoma tegişli tartibda maʼqullangani, 17-noyabr kuni esa Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti tomonidan tegişli qonun imzolangani mamnuniyat bilan taʼkidlandi.
Bundan taşqari, fan, taʼlim, madaniyat, sport, turizm va yoşlar siyosati sohalaridagi faol aloqalar qardoş xalqlarni yanada yaqinlaştirişga xizmat qilmoqda. Xususan, 2025-yilda Ozarbayjonda Özbekiston madaniyati kunlari ötkazilgan bölsa, joriy yilning 29-noyabr kuni Özbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlarini ötkaziş rejalaştirilgan.
Tanzila Norboyeva Özbekiston va Ozarbayjonni tinçlik va barqarorlikni saqlaş, davlatçilikni mustahkamlaş hamda aholiga munosib turmuş şaroitini yaratişga bölgan umumiy intiliş birlaştirib turişini alohida qayd etdi.

– Özbekistonda Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi va rahbarligi ostida Yangi Özbekistonni barpo etmoqdamiz, - dedi T.Norboyeva. – Mamlakatimiz öz iqtisodiyotini investitsiyalar va tadbirkorlik uçun oçdi, Markaziy Osiyoda yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamladi hamda xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirdi. Davlat boşqaruvi, taʼlim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy himoya sohalaridagi keng kölamli islohotlar zamirida «Inson qadri» tamoyili yotadi. Uşbu yönalişni amalga oşirişda qardoş Ozarbayjon bilan oçiqlik va döstona munosabatlar alohida ahamiyatga ega. Davlatlarimiz rahbarlari Şavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevning siyosiy irodasi, şaxsiy döstligi va özaro işonçi tufayli mamlakatlarimiz ittifoqçilarga aylandi.
Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnoma allaqaçon özining amaliy natijalarini berayotgani taʼkidlanadi. Bugungi kunda Özbekistonda Ozarbayjon kapitali iştirokidagi 470 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, Ozarbayjonda esa Özbekiston investitsiyalari iştirokidagi 130 dan ziyod kompaniya röyxatga olingan. Tomonlarning umumiy maqsadi — 2030-yilga borib özaro tovar ayirboşlaş hajmini 1 milliard dollarga yetkazişdan iborat.

Iqtisodiyot, taʼlim va madaniyat sohalaridagi qöşma loyihalar kölami yildan-yilga kengayib bormoqda. Jumladan, Fuzuliy şahrida Özbekiston Prezidenti taşabbusi bilan qurilgan Mirzo Uluğbek nomidagi maktabda bolalar taʼlim olmoqda, Toşkentda esa Nizomiy nomidagi universitet bölajak pedagoglarni tayyorlamoqda. Şu bilan birga, Yangi Toşkentda «Ozarbayjon» boği barpo etilmoqda, Boku şahrida esa «Özbekiston» boği qurilişiga tamal toşi (kapsula) qöyildi.
Islohotlarni qonunçilik jihatidan taʼminlaş va davlatlararo kelişuvlarni hayotga tatbiq etişda parlamentlar muhim örin tutadi. Şu munosabat bilan Senat Raisi yaqin ikki yil içida qöşma faoliyatni quyidagi törtta ustuvor yönalişga qaratişni taklif etdi. Xususan, ikki tomonlama kelişuvlar ijrosi ustidan taʼsirçan parlament nazoratini örnatiş, parlamentlararo muloqotda ikki mamlakat hududlari iştirokini faollaştiriş, xalqaro parlament maydonlarida özaro faoliyatni muvofiqlaştiriş hamda universitetlar, ilmiy-tadqiqot va madaniy muassasalar örtasida töğridan-töğri aloqalarni yölga qöyiş haqida söz bordi.
Mazkur takliflar forum iştirokçilari tomonidan iliq kutib olindi. Bu kelgusida ikki mamlakat, ikki qardoş xalq döstona aloqalarining yanada mustahkamlanişiga xizmat qilişi eʼtirof etildi.
Forum öz işini davom ettirmoqda.
Norgul Abduraimova, ÖzA
Boku şahri (Ozarbayjon)



