Suv xöjaligi sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi

Uçraşuvda mamlakatlarimiz Prezidentlarining özaro işonçga, samimiy va döstona munosabatlarga asoslangan siyosati natijasida Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi strategik şeriklik va yaxşi qöşniçilik aloqalari izçil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Jumladan, suv xöjaligi sohasidagi hamkorlik ham yangi bosqiçga kötarilmoqda.
Muloqot davomida transçegaraviy suv resurslaridan oqilona va samarali foydalaniş, suv xöjaligi taşkilotlari örtasida axborot almaşinuvini kuçaytiriş, suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş hamda sohada kadrlar salohiyatini oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Şavkat Xamrayev elçi janoblariga mamlakatimizda kanallar va suğoriş tarmoqlarini betonlaştiriş, irrigatsiya va melioratsiya inşootlarini tozalaş hamda rekonstruksiya qiliş, suvçilar va suvdan foydalanuvçilar uçun öquv kurslarini taşkil etiş, ularning malakasini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida gapirib berdi.
Şuningdek, sohada tajriba almaşiş va mutaxassislar malakasini oşirişga qaratilgan mintaqaviy tadbirlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, joriy yil avgust oyida Toşkent şahrida «Markaziy Osiyo suv xöjaligida iqlim özgarişi şaroitida suv tejovçi suğoriş texnologiyalari va raqamli yeçimlarni joriy etiş» mavzusida mintaqaviy seminar ötkazildi.
Noyabr oyi boşida esa poytaxtimizda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjonning qişloq va suv xöjaligi sohasi vakillari uçun «Agrar va suv xöjaligi sohasida barqaror boşqaruv va samaradorlik» (AgroWater Management) xalqaro öquv-amaliy tanişuv dasturi taşkil etildi. Har ikki tadbirda Qozoğiston suv xöjaligi taşkilotlari vakillari ham faol iştirok etdi.
Uçraşuvda 2025-yil 15-noyabrda Özbekiston va Qozoğiston örtasida transçegaraviy suv obyektlarini birgalikda boşqariş va ulardan oqilona foydalaniş töğrisida imzolangan bitimning ahamiyati qayd etildi.
Şuningdek, Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi doirasidagi hamkorlik, 2027-yil 1-yanvardan Özbekistonning mazkur taşkilotga raislikni Qozoğistondan qabul qilib olişi munosabati bilan oldinda turgan vazifalar yuzasidan fikr almaşildi.
Muloqot yakunida suv xalqlarni birlaştiruvçi, özaro işonç va hamkorlikni mustahkamlovçi muhim omil ekani ta’kidlanib, suv resurslaridan oqilona foydalaniş va mintaqaviy suv xavfsizligini ta’minlaş yölidagi hamkorlikni yanada kengaytirişga tayyorlik bildirildi.



