23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Özbekiston biznes-ombudsmani AQŞ elçisi bilan uçraşdi

Iqtisod 23.11.2026 19:20 0Uzdaily
Özbekiston biznes-ombudsmani AQŞ elçisi bilan uçraşdi

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston biznes-ombudsmani Toşkentda bölib ötgan «Biznesda halollik» mavzusidagi V xalqaro forum doirasida AQŞ elçisi Jonatan Xenik bilan uçraşuv ötkazdi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş şart-şaroitlari, şuningdek, tadbirkorlar va investorlarni himoya qilişning huquqiy kafolatlarini muhokama qildi.

Biznes-ombudsman Özbekistonda faoliyat yuritayotgan investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş muhimligini ta’kidladi.

Uçraşuvda Biznes-ombudsman apparati va AQŞ elçixonasi örtasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, AQŞ Kiçik biznes ma’muriyati huzuridagi Milliy ombudsman boşqarmasining tadbirkorlar manfaatlarini himoya qiliş va davlat tomonidan tartibga soliş mexanizmlarini takomillaştiriş borasidagi tajribasini örganiş masalasi muhokama qilindi.

Tomonlar amerikalik biznes vakillari bilan töğridan-töğri muloqotni yölga qöyiş, amaliy tajriba almaşiş, investorlar işonçini mustahkamlaş va Özbekistonda işbilarmonlik muhitini yaxşilaşga qaratilgan hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini ham körib çiqdi.

O‘xshash yangiliklar