28.11.2026, Shanba+10.9°CToshkentUSD12 002.10EUR13 166.30RUB146.02
+10.9°CToshkent$12 002.10 28.11.2026

191 iqtisodiyotdan faqat uçtasida ikki xonali ösiş kutilmoqda

Iqtisod 28.11.2026 09:40 0Kun.uz
191 iqtisodiyotdan faqat uçtasida ikki xonali ösiş kutilmoqda

Visual Capitalist infografikasida dunyoning 191 ta iqtisodiyoti 2026-yil uçun prognoz qilingan real YAIM ösiş surʼati böyiça tartiblangan. Maʼlumotlar XVJning 2026-yil oktabrida eʼlon qilingan «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisobotidan olingan.

Gayana iqtisodiyotining jadal ösişiga dengiz şelfidagi konlardan neft qazib oliş kengayayotgani turtki bermoqda. XVJ prognoziga köra, mamlakat 2026-yilda 2025-yildagiga nisbatan taxminan 25 foiz köproq xom neft qazib oladi.

Tayvanda sunʼiy intellekt infratuzilmasining rivojlanişi orolda işlab çiqariladigan ilğor mikrosxemalar va serverlarga talabni oşirdi. XVJ aprelda Tayvan iqtisodiyoti 5,2 foizga ösişini kutgan edi. Jamğarmaning oktabrdagi prognozi bu körsatkiçdan ikki baravardan ham yuqori. Tayvan - rivojlangan iqtisodiyotlar orasida ikki xonali ösiş kutilayotgan yagona iqtisodiyot. Undan keyin Singapur (5,0 foiz) va Isroil (4,5 foiz) turadi.

YaIMning eng keskin qisqarişi Kuvaytda kutilmoqda. Undan keyingi örinda Iroq turadi - mamlakat iqtisodiyoti 16,0 foizga qisqarişi mumkin. Qatarda YAIM 15,6 foizga, Bahraynda esa 11,3 foizga kamayişi prognoz qilingan. Bu tört davlat neft va gaz eksportida köp jihatdan Hörmuz böğoziga boğliq. Muqobil yönalişlar kamligi sababli böğozdagi kema qatnovida yuz bergan uzilişlar işlab çiqaruvçilarni qazib oliş hajmini qisqartirişga majbur qildi.

2026-yilda iqtisodiy pasayiş kutilayotgan 14 ta iqtisodiyotning yarmi Fors körfazidagi energiya resurslarini eksport qiluvçi davlatlar hissasiga töğri keladi. Ular orasida Eron ham bor. Mamlakat YAIM 7,6 foizga qisqarişi kutilmoqda.

Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklarida pasayiş nisbatan kamroq bölişi kutilmoqda. Saudiya Arabistonida YAIM 3,3 foizga, Amirliklarda esa 3,9 foizga qisqarişi mumkin. Muqobil quvurlar har ikki davlatga qazib olingan neftning bir qismini eksport qilişda davom etiş imkonini berdi.

Fors körfazi arab davlatlari hamkorlik kengaşi aʼzolari orasida iqtisodiy ösiş kutilayotgan yagona mamlakat - Ummon. Uning YaIMi 4,1 foizga ösişi prognoz qilingan. Buning asosiy sabablaridan biri şundaki, Ummon portlaridan yölga çiqqan kemalar Hörmuz böğozidan ötmasdan oçiq dengizga çiqa oladi.

«Katta yigirmatalik» (G20) mamlakatlari orasida 2026-yilda Hindiston iqtisodiyoti eng tez ösişi kutilmoqda. XVJ Hindiston uçun 7,0 foizlik ösişni prognoz qilgan. Keyingi örinlarda Indoneziya (5,1 foiz) va Xitoy (4,5 foiz) turadi.

O‘xshash yangiliklar