28.11.2026, Shanba+10.9°CToshkentUSD12 002.10EUR13 166.30RUB146.02
+10.9°CToshkent$12 002.10 28.11.2026

Yangi Toşkent mamlakat iqtisodiyotining yana bir ösiş nuqtasiga aylanadi

Iqtisod 28.11.2026 07:45 0Uza
Yangi Toşkent mamlakat iqtisodiyotining yana bir ösiş nuqtasiga aylanadi

Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazida "Yangi Toşkent — biznes, turizm, taʼlim, tibbiyot, sport va xizmat körsatişni özida jamlagan iqtisodiy markaz" mavzusida matbuot anjumanida bölib ötdi.

Tadbirda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinçi örinbosari Saidqahhor Xolxöjayev, “Yangi Toşkent şahrini barpo etiş direksiyasi” direktori örinbosari Maqsud Abbosxonov hamda Bojxona qömitasi raisining örinbosari Nodir Musamuhamedov iştirok etib, Prezidentning 2026-yil 10-noyabrdagi farmonida belgilangan vazifalar, ularning ijrosi va investorlar uçun yaratilgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berdi.

Taʼkidlanganidek, mazkur farmon bilan "davlat - investitsiyaviy şerik" tamoyili asosida investorlar bilan işlaşning yangi tizimi joriy etilmoqda. Uşbu tizim investitsiya taşabbuslarini yer uçastkalarini ajratişdan tortib, obʼektlarni foydalanişga topşirişgaça bölgan barça bosqiçlarda qöllab-quvvatlaş, maʼmuriy tösiqlarni bartaraf etiş hamda iqtisodiyotning özaro boğliq tarmoqlarini rivojlantirişga qaratilgan.

–Xususan, Yangi Toşkent şahri va Samarqanddagi "Şirin" massivida "tartibga soliş qumdoni" maxsus huquqiy rejimi joriy etilgan. Uşbu mexanizm qiymati 50 million dollardan boşlanadigan töqqiz toifadagi şaharsozlik loyihalarini qamrab oladi. Ular orasida osmonöpar binolar, mehmonxona va biznes majmualari, savdo markazlari, tematik parklar, kurortlar, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, sport hamda infratuzilma obʼektlari bor.

Investorlarga yer uçastkalarini qurilişga tayyor holda, muhandislik tarmoqlariga ulaniş böyiça oldindan belgilangan texnik şartlar asosida taqdim etiş nazarda tutilgan. Oçiq auksionlar bilan bir qatorda investorlar taşabbusi asosida raqobatli tanlov ötkaziş imkonini beruvçi Swiss Challenge mexanizmi ham joriy etilmoqda,

Investitsiya hajmiga qarab, yerning boşlanğiç narxini bir kvadrat metr uçun bir dollargaça pasaytiriladi. Şuningdek, bönak tölovini 10 foizgaça kamaytiriş, qolgan mablağni esa quriliş davridan oşmagan holda yetti yilgaça foizsiz bölib tölaş imkoniyati yaratiladi.

Obʼekt foydalanişga topşirilgaç, qonunçilikda ruxsat etilgan hollarda yer uçastkasiga mulk huquqi yoki qöşimça haq tölamasdan 49 yilgaça ijara huquqi rasmiylaştiriladi. Infratuzilma xarajatlari uçun tölovlar bir yöla amalga oşirilganda esa 20 foiz çegirma beriladi, –dedi S.Xolxöjayev.

Image

Tadbirda investorlarga yaratilayotgan qulayliklar haqida ham maʼlumot berildi. Unga köra, investorlar uçun soliq imtiyozlari ham belgilangan. Jumladan, investitsiya hajmi kamida 50 million dollar bölgan loyihalar 20 yil muddatga yer soliği va mol-mulk soliğidan ozod etiladi. Obʼektlarni sotiş va ijaraga berişdan olingan foydaga töğridan-töğri investitsiyalar hajmidan kelib çiqib, beş yildan 15 yilgaça bir foizlik foyda soliği stavkasi qöllanadi. 2040-yil 1-yanvarga qadar Özbekiston hududiga qayta investitsiya qilingan dividendlar soliqdan ozod etiladi.

Şuningdek, mehmonxonalar qurilişida har bir xona uçun uç yulduzli mehmonxonalarga 40 million söm, tört va beş yulduzli mehmonxonalarga esa 65 million söm miqdorida subsidiya ajratiş közda tutilgan. Xorijiy investorlar uçun qonunçilikdagi investitsiya şaroitlarini yomonlaştiruvçi özgarişlardan ön yillik kafolat belgilangan.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi investitsiya loyihalarini muvofiqlaştiruvçi operator etib belgilangan. Har bir investorga alohida loyiha menejeri biriktiriladi, murojaatlar raqamli tizimda individual raqam bilan röyxatga olinadi, quriliş jarayoni esa real vaqt rejimida kuzatib boriladi.

Bugungi kunda Yangi Toşkentda umumiy qiymati 7 milliard 180 million dollarga teng 20 ta yirik loyiha böyiça investorlar bilan iş olib borilmoqda. Ular 339 gektar hududni qamrab olgan bölib, umumiy quriliş maydoni 5 million 800 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Şundan qiymati 5 milliard 800 million dollarlik 12 ta loyiha 11 ta xorijiy davlat investorlari, qiymati 1 milliard 370 million dollarlik yana sakkizta loyiha esa mahalliy tadbirkorlar iştirokida amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Auksionlar uçun umumiy qiymati 728 million dollar bölgan qöşimça 17 ta lot tayyorlangan.

“Yangi Toşkent şahrini barpo etiş direksiyasi” direktori örinbosari Maqsud Abbosxonovning sözlariga köra, uç yil avval qurilişi boşlangan Yangi Toşkent mamlakatimiz tarixidagi eng yirik şaharsozlik loyihasidir. Şahar uçun jami 20 ming gektar yer ajratilgan bölib, ayni paytda birinçi bosqiçdagi 6 ming gektar maydonda quriliş va infratuzilma işlari olib borilmoqda. Birinçi bosqiçning özida zamonaviy texnologik yeçimlarga asoslangan 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.

– Prezidentimizning 10-noyabrdagi farmoni bilan qiymati 50 million dollardan ortiq bölgan şaharsozlik loyihalarini qöllab-quvvatlaş, bir loyiha orqali quriliş, savdo, turizm, transport va xizmat körsatiş kabi bir neçta sohani rivojlantiriş, şuningdek, investorlar uçun maʼmuriy tösiqlarni bartaraf etişga qaratilgan yangi mexanizmlar közda tutilgan. Jumladan, maxsus hududlarda "tartibga soliş qumdoni" tartibi yölga qöyildi.

Investorlar uçun newtashkent.uz veb-sayti va "Yangi Toşkentga investitsiya kiriting" Telegram boti işga tuşirildi. Ular orqali loyihalar va yer uçastkalari haqida maʼlumot oliş, investitsiya taşabbuslarini yuboriş mumkin. Har bir murojaat ID-raqam bilan nazoratga olinadi.

Image

Ötgan davrda Yangi Toşkentda 2 milliard dollarlik işlar bajarilib, umumiy qiymati 1 milliard dollar bölgan yettita obʼekt foydalanişga topşirildi. Jumladan, turar joy majmuasi, universitetlar, kutubxona, amfiteatr, 2 ming örinli maktab, muhandislik va energetika obʼektlari barpo etildi. Şuningdek, 18 kilometr avtomobil yöli, 13 kilometr kanalizatsiya va 4,5 kilometr içimlik suvi tarmoqlari qurildi. 10 kilometrlik "Sohil boği"da piyodalar va velosiped yölaklari taşkil etildi.

Bugungi kunda "Yangi Toşkent - özimizniki!" degan boş ğoya asosida quriliş va infratuzilma işlari jadal davom ettirilmoqda, – dedi Maqsud Abbosxonov.

Bojxona qömitasi raisining örinbosari Nodir Musamuhamedov quriliş jarayonida investorlar uçun yaratilgan bojxona imtiyozlari va xarajatlarni qisqartiriş mexanizmlari haqida töxtaldi.

– Boşlanğiç xarajatlarni kamaytirişning muhim vositalaridan biri quriliş davrida investorlar, pudratçilar va subpudratçilar tomonidan öz ehtiyojlari uçun olib kiriladigan texnika, uskunalar, materiallar hamda jihozlarni bojxona bojlaridan ozod etiş hisoblanadi. Bunda imtiyoz asosida olib kiriladigan tovarlar qiymati loyiha qiymatiga qarab investitsiya summasining 30 foizidan 70 foizigaça bölgan belgilangan çegaradan oşmasligi lozim.

Şuningdek, boş pudratçilar va boş loyiha taşkilotlari tomonidan Özbekistonda faoliyat yuritmaydigan xorijiy şaxslardan xarid qilinadigan xizmatlar qöşilgan qiymat soliğidan ozod etiladi. Fast Track mexanizmi esa loyihalaştiriş, xarid qiliş va quriliş jarayonlarini bir vaqtda olib boriş, jumladan, quriliş işlarini keçayu kunduz davom ettiriş imkonini beradi. Bunda bojxona rasmiylaştiruvini tezkor amalga oşiriş, elektron maʼlumot almaşiş, xavflarni tahlil qiliş hamda imtiyozli şartlarda olib kirilgan tovarlardan maqsadli foydalanilişini nazorat qiliş muhim ahamiyatga ega, – dedi Nodir Musamuxamedov.

Matbuot anjumani yakunida jurnalistlar özlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob oldi. Muloqotda investorlar uçun yaratilgan imkoniyatlar, amalga oşirilayotgan yirik loyihalar va farmon ijrosi doirasidagi keyingi vazifalar muhokama qilindi. Bu esa Yangi Toşkentni barpo etiş jarayoni nafaqat bugungi quriliş işlari, balki uzoq yillarga möljallangan taraqqiyot rejalari bilan hamohang ekanini körsatadi.

Image

Zero, Yangi Toşkent bugungi bunyodkorlik bilan ertangi taraqqiyotni boğlaydigan ulkan loyihadir. Uning zamirida mamlakat iqtisodiyotining yangi ösiş nuqtasini yaratiş, investitsiyaviy salohiyatni yuksaltiriş va kelajak avlodlar uçun munosib hayot muhitini barpo etiş maqsadi mujassam.

Nasiba Ziyodullayeva, ÖzA

O‘xshash yangiliklar