Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya podşohi oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Iordaniya poytaxti Ammon şahrida prezident Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husayn, şuningdek, ularning rafiqasi iştirokida uçraşuv böldi.
Davlat rahbari Özbekiston delegatsiyasiga körsatilayotgan alohida izzat-ikrom va eʼtibor uçun podşohga samimiy minnatdorlik izhor etib, sönggi yillarda Iordaniya erişayotgan ulkan yutuqlarni yuksak baholadi.
Oliy darajadagi taşrif arafasida taşkil etilgan qator tadbirlar davlatlarimiz örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi taʼkidlandi.
Uçraşuvdan söng ikki mamlakat yetakçilarini oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Şavkat Mirziyoyevga Iordaniyaning oliy davlat mukofoti – «Al Husayn ibn Ali» ordeni tantanali ravişda topşirildi.
Özbekiston prezidenti uşbu yuksak mukofotda nafaqat ikki davlat örtasidagi hamkorlik riştalarini mustahkamlaşga qöşgan şaxsiy hissasiga berilgan eʼtirofni, balki Iordaniya podşohining özbek xalqiga nisbatan çeksiz hurmati, köp qirrali munosabatlarimiz rivojiga qaratayotgan ulkan eʼtiborining yorqin namunasini körişini mamnuniyat bilan taʼkidladi.
Öz navbatida, davlat rahbari Iordaniya podşohini mamlakatlar örtasidagi yaqin döstlik munosabatlari va özaro anglaşuvni mustahkamlaş, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni izçil rivojlantirişga qöşgan salmoqli hissasi uçun «Oliy Darajali Döstlik» ordeni bilan taqdirladi.
Taʼkidlanganidek, uşbu mukofot Abdulla II ibn al-Husaynning ikki tomonlama munosabatlarni kengaytiriş yölidagi ulkan saʼy-harakatlariga Özbekiston xalqi va davlati tomonidan bildirilgan yuksak ehtirom ifodasidir.
Iordaniya yetakçisi bunday samimiy eʼtirof uçun Şavkat Mirziyoyevga çuqur minnatdorlik bildirib, uşbu mukofotni butun Iordaniya xalqiga, mamlakatlarimiz örtasidagi azaliy döstlik va mustahkam hamkorlikka körsatilgan alohida hurmat ramzi sifatida qabul qilişini taʼkidladi.



