Özbekiston va Iordaniya rahbarlari bir-birini oliy davlat mukofotlari bilan taqdirladi

Ammon şahridagi «Al-Husayniya» saroyida davlat taşrifi bilan Iordaniya Hoşimiylar podşohligida bölib turgan Özbekiston respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib oliş marosimi ötkazildi.
Davlat rahbari va rafiqasini podşoh Abdulla II ibn al-Husayn va Malika Raniya al-Abdulla samimiy kutib oldi. Birgalikda suratga tuşildi.

Oliy martabali mehmon şarafiga töplardan öq uzildi. Saroy oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Özbekiston prezidenti va Iordaniya podşohi şohsupaga kötarildi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Yetakçilar faxriy qorovul safi oldidan ötişdi, söng faxriy qorovul askarlari Özbekiston rahbari oldidan tantanali yurib ötdi.

Marosim yakunlangaç, Şavkat Mirziyoyev va Abdulla II ibn al-Husayn rafiqalari iştirokida uçraşuv ötkazdi.

Davlat rahbari Özbekiston delegatsiyasiga körsatilayotgan alohida izzat-ikrom va eʼtibor uçun podşohga samimiy minnatdorlik izhor etib, sönggi yillarda Iordaniya erişayotgan ulkan yutuqlarni yuksak baholadi.
Oliy darajadagi taşrif arafasida taşkil etilgan qator tadbirlar ikki davlat örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi taʼkidlandi.
Uçraşuvdan söng ikki mamlakat yetakçilarini oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Özbekiston rahbariga Iordaniyaning oliy davlat mukofoti – “Al Husayn ibn Ali” ordeni tantanali ravişda topşirildi.





