Bengazidagi kema portlaşi oqibatida Rossiya fuqarolari halok bölgan

«Al-Jazira» telekanali manbalari rossiyaliklarning Liviyaning Bengazi şahri portida turgan «Merkuriy» nomli harbiy kemasi portlaşi oqibatida halok bölganlar borligini maʼlum qildi. Telekanal suhbatdoşlariga köra, qurbonlar orasida Rossiya va Liviya fuqarolari bor, ularning soniga aniqlik kiritilmagan.
Kema portlaşdan keyin çökib ketgan, sunʼiy yöldoş orqali olingan tasvirlarda faqat uning tumşuq qismi suv yuzasiga çiqib turganini köriş mumkin.
Avvalroq mahalliy rasmiylar «Merkuriy» kemasi Bengazi portiga Rossiya va Liviya şarqidagi hukumat örtasidagi kelişuvga binoan yonilği quyiş va zaxiralarni töldiriş uçun kelganini maʼlum qilgandi.
«Al-Jazira»ning ikki manbasi maʼlum qilişiça, kema bortida qurollar, öq-dori va dronlar bölgan.
Associated Press agentligi öz manbasiga asoslanib xabar berişiça, korvetga 22-noyabrga ötar keçasi Liviya ğarbidagi ukrain kuçlari tomonidan nazorat qilinadigan bazadan yuborilgan dronlar hujum qilgan.
«Al-Jazira» manbalari guvohlarga tayanib xabar qilişiça, hujumda uçta dron iştirok etgan.
Mahalliy rasmiylar voqea yuzasidan Rossiya bilan hamkorlikda tergov boşlaganini maʼlum qilib, «xalqaro mojarolarni eksport qiliş»ga yöl qöymasligini taʼkidlagan. Bengazidagilar «Merkuriy»ga berilgan zarba uçun javobgarlikni töğridan töğri Ukraina zimmasiga yuklamagan, ammo Liviya «Rossiya va Ukraina uruşidagi tomonlardan biri emasligi»ni taʼkidlagan.
22-noyabr kuni Bengazi porti yaqinida dengiz dronlari Malta bayroği ostida suzgan yuk kemasiga ham hujum qilgandi. Mahalliy rasmiylar ekipaj aʼzolari qutqarilgani va zarur tibbiy yordam körsatilganini bildirgan. Bengazi maʼmuriyati hodisaning boşqa tafsilotlarini oçiqlamagan.
21-noyabr kuni esa Ukraina droni Fins körfazida Rossiya mudofaa vazirligiga aloqdor bölgan «Sparta II» nomli yuk kemasiga hujum qilgandi, uning ekipaji evakuatsiya qilingan. Bu kema 2025-yilda Rossiya harbiy texnikalarini Suriyadan olib çiqişda işlatilgani maʼlum.



