23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

BepiColombo sakkiz yildan söng Merkuriy orbitasiga çiqdi

Jahon 23.11.2026 10:50 0Kun.uz
BepiColombo sakkiz yildan söng Merkuriy orbitasiga çiqdi

Yevropa kosmik agentligi (ESA) va Yaponiya Aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) hamkorlikda amalga oşirayotgan BepiColombo xalqaro missiyasi 21-noyabr kuni Merkuriy atrofidagi orbitaga çiqdi. Apparat Yerdan uçirilganidan buyon sakkiz yildan köproq vaqt ötdi.

BepiColombo ikkita asosiy kosmik apparatdan iborat: Merkuriyni tadqiq qiliş uçun yaratilgan Yevropaning Mercury Planetary Orbiter (MPO) orbital apparati va sayyora magnitosferasini örganadigan Yaponiyaning Mercury Magnetospheric Orbiter (MMO) apparati. Ikkinçisi Mio nomi bilan ham tanilgan.

Ikkala apparat Mercury Transfer Module (MTM) transport-dvigatel moduli bilan birgalikda 2018-yil oktabrida Fransuz Gvianasidagi Kuru kosmodromidan Ariane 5 eltuvçi raketasida uçirilgan. Şu tariqa ularning Quyoş tizimining içki qismi böylab bir neçta murakkab gravitatsion manyovrni öz içiga olgan uzoq safari boşlangan.

Merkuriyga yetib boriş oson emas, çunki u Quyoşga juda yaqin. Quyoş tizimining eng içki sayyorasiga yöl olgan kosmik apparatlar yulduzimizning kuçli gravitatsion tortişi taʼsirida juda yuqori tezlikka erişadi. Merkuriy orbitasiga çiqiş uçun ular kinetik energiyasini sezilarli darajada kamaytirişi kerak: bu kiçik sayyoraning tortiş kuçi Quyoşnikidan ança zaif.

Şu sababli BepiColombo missiyasi mutaxassislari Yer yaqinida bir marta, Venera yaqinida ikki marta va Merkuriy yaqinida olti marta gravitatsion manyovr bajarişni közda tutuvçi murakkab parvoz trayektoriyasini işlab çiqqan.

Dastlab safar taxminan yetti yil davom etişi kerak edi. Biroq quyoş batareyalaridagi nosozliklar MTM modulining elektr dvigatellariga beriladigan quvvatni kamaytirgan. Natijada parvoz muddati yana bir yilga uzaygan.

Orbitaga çiqiş manyovri BepiColombo missiyasining Merkuriyga yetib keliş yakuniy bosqiçidagi navbatdagi muhim qadam böldi. Bu bosqiç töliq yakunlanişi uçun taxminan olti oy ketişi kutilmoqda.

Aslida, sayyoraga yetib keliş jarayoni 3-sentabrda - MTM moduli MPO va Mio apparatlaridan ajralganida boşlangan. Biroq ikkala tadqiqot apparati hozirça bir-biriga ulangan holda qolmoqda. Ularni ajratiş taxminan 9-dekabrga rejalaştirilgan.

Şundan köp ötmay, Mio özining yakuniy işçi orbitasiga - Merkuriy qutblari ustidan ötadigan juda çöziq elliptik trayektoriyaga çiqadi.

O‘xshash yangiliklar