23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Fransiya floti yangi atom suvosti kemasi bilan kuçaydi

Jahon 23.11.2026 11:10 0Kun.uz
Fransiya floti yangi atom suvosti kemasi bilan kuçaydi

Suffren turidagi törtinçi köp maqsadli atom suvosti kemasi - De Grasse (S638) - Fransiya Harbiy-dengiz kuçlari tarkibiga rasman kiritildi.

Suvosti kemasiga faol jangovar birlik maqomi berilganini Fransiya Harbiy-dengiz kuçlari ştab boşliği admiral Kristof Klyuzel eʼlon qildi. Bu maqomni olgan De Grasse endilikda operativ vazifalarni bajariş va jangovar xizmatga yönaltirilişga töliq tayyor.

De Grasse kemasining safga kiritilişi 2026-yil fevralida Şerbur sohillari yaqinida boşlangan keng kölamli dengiz sinovlari dasturining yakunlanişi böldi. Nazorat safari va uzoq muddatli suziş davomida kema ham qutbiy, ham iliq suvlarda harakat qildi.

Jumladan, u Norvegiyaning Tromse va AQŞning Norfolk portlariga kirdi. Norfolkda ekipaj 1781-yilgi Çesapik jangiga bağişlangan xotira tadbirlarida qatnaşdi.

Suvosti kemasi fransuz dengiz qömondoni Fransua Jozef Pol - graf de Grass, markiz de Grass-Tiyi şarafiga nomlangan. U harbiy-dengiz qöşinlari general-leytenanti unvoniga ega bölgan. Qömondon AQŞ mustaqilligi uçun uruş davridagi Çesapik jangida Britaniya Qirollik floti ustidan qozongan hal qiluvçi ğalabasi bilan maşhur bölgan.

De Grasse seriyadagi dastlabki uçta suvosti kemasidan bir qator texnologik yangiliklari bilan farq qiladi. Ular qatoriga imkoniyatlari kengaytirilgan SYCOBS jangovar axborot-boşqaruv tizimining yangilangan versiyasi hamda yangi avlod radioelektron kuraş majmuasi kiradi.

Suffren turidagi oltita köp maqsadli atom suvosti kemasi Fransiya Qurollaniş boş boşqarmasi (DGA) tomonidan Barracuda dasturi doirasida buyurtma qilingan. Ular 1980-yillarda qurilgan, eskirgan Rubis turidagi suvosti kemalarini almaştirişi kerak.

Yangi atom suvosti kemalari yuqoriroq tezligi, uzoqroq avtonom suziş imkoniyati va turli vazifalarni bajarişga moslaşgani bilan ajralib turadi.

Ularning qurollanişiga Naval Group işlab çiqaradigan oğir F21 torpedalari, MBDA kompaniyasining kemalarga qarşi Exocet SM39 raketalari va dengizdan uçiriladigan MdCN qanotli raketalari kiradi. Bundan taşqari, kemalar maxsus vazifali bölinmalarning operatsiyalarini yaşirin tarzda qöllab-quvvatlay oladi.

De Grasse seriyadagi safga kiritilgan törtinçi suvosti kemasi böldi. Undan avval seriyaning boş kemasi Suffren 2022-yil iyunida, Duguay-Trouin 2024-yil aprelida, Tourville esa 2025-yil iyulida qurollanişga qabul qilingan.

O‘xshash yangiliklar