23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Ispaniya Oliy sudi Kataloniyaning sobiq rahbari Puçdemonni afv etdi

Jahon 23.11.2026 19:00 0Kun.uz
Ispaniya Oliy sudi Kataloniyaning sobiq rahbari Puçdemonni afv etdi

Ispaniya Oliy sudi 23-noyabr kuni Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puçdemonni uşbu avtonom hamjamiyatning Ispaniyadan mustaqillikka erişişi yuzasidan referendum eʼlon qiliş işi böyiça afv etdi, deb xabar berdi «Interfaks».

Taʼkidlanişiça, jinoyat işi töqqiz yildan söng yopilgan.

Xuddi şunday çora Puçdemonning ikki safdoşi - Kataloniya mintaqaviy hukumatining sobiq soğliqni saqlaş va madaniyat vazirlari Antonio Komin hamda Luis Puçga nisbatan ham qöllanilgan.

Oliy sud hukmi Puçdemonga bundan buyon Ispaniya odil sudlovidan yaşirinib yurmaslik va heç qanday xavotirsiz vataniga qaytiş imkonini beradi. Bundan taşqari, u yana saylovda öz nomzodini qöya oladi.

Kataloniya mintaqaviy hokimiyati va Ispaniya markaziy hukumati örtasidagi qarama-qarşilik 2017-yilda, uşbu avtonom hamjamiyatda mustaqillik referendumi ötkazilgaç keskinlaşgan edi. Madriddagi markaziy hokimiyat uşbu referendumni Konstitutsiyaga zid deb topgan. Öşanda Kataloniyaning bir qator siyosiy yetakçilariga nisbatan jinoiy taʼqib boşlangan edi.

O‘xshash yangiliklar