Jensen Huang Nvidia rahbarligiga qaytarildi

Nvidia direktorlar kengaşi Jensen Huangning kompaniyadagi barça lavozimlarini tikladi – u yana kompaniya prezidenti, boş direktor (CEO) va direktorlar kengaşi aʼzosi hisoblanadi.
Taʼkidlanişiça, direktorlar kengaşi «u bilan ötkazilgan qator muhokamalar va uçraşuvlardan söng uning samimiyligi va Nvidia'ni boşqariş qobiliyatiga işonç hosil qilib», uni lavozimiga tiklaş uçun «bir ovozdan ovoz bergan».
Şuningdek, press-relizda uşbu qarorga «AQŞ hukumatining yuqori martabali vakillaridan» olingan maʼlumotlar ham taʼsir körsatgani qayd etilgan.
«Qaror qabul qiliş jarayonida kengaş AQŞ hukumatining yuqori doiralaridan maʼlumot oldi va uşbu maʼlumotlarga tayanib, janob Huangning lavozimiga tiklanişi milliy xavfsizlikka heç qanday tahdid solmasligiga amin böldi», – deyiladi bayonotda.
AQŞ prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida Nvidia direktorlar kengaşining qarorini «juda töğri» deb atadi.
«Nvidia kompaniyasini Jensen boşqarişi mamlakat uçun zarur – bu nafaqat kompaniyaning özi, balki butun Amerika iqtisodiyoti muvaffaqiyati va ravnaqining garovidir. AQŞ hukumatida Jensenning Nvidia’ga qaytişi milliy xavfsizlikka qandaydir tahdid soladi, deb hisoblaş uçun heç qanday asos yöq», – deb yozdi Tramp.
Bir ovozdan qabul qilingan qaror darhol kuçga kirdi – bu qaror duşanba kuni savdolar oçilişidan oldin eʼlon qilindi.
Şundan bir neça daqiqa ötgaç, Nvidia aksiyalari narxi 30 foizgaça qimmatlagan
Huang 12-noyabr kuni, rafiqasiga xiyonat qilgani haqidagi xabarlar ortidan isteʼfoga çiqarilgandi. OAV u Xitoy fuqarosi, Amerika razvedkasi tomonidan Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlangan Elis Huang (ular qarindoş emas) bilan işqiy munosabatlar örnatgani haqida yozgan.



