23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Liviyada Rossiya kemalari hujumga uçradi, Meksikada narkobaron uşlandi – kun dayjesti

Jahon 23.11.2026 14:49 0Kun.uz
Liviyada Rossiya kemalari hujumga uçradi, Meksikada narkobaron uşlandi – kun dayjesti

Liviyadagi Rossiya kemalariga hujum

22-noyabr kuni tongda Liviya şarqidagi Benğozi harbiy-dengiz bazasida turgan Rossiya kemasida portlaş yuz berdi. Mamlakat şarqidagi hukumat dastlabki tekşiruv natijalariga tayanib, portlaş dron hujumi oqibatida bölişi mumkinligini maʼlum qildi.

Hukumat bayonotiga köra, kema Rossiyaga qaytayotganda yoqilği quyiş va zaxiralarni töldiriş uçun portga töxtagandi. Hodisada vafot etganlar yöq. Rossiyalik va liviyalik 10 kişi yengil jarohat olgan.

AQŞning Vantor kompaniyasi taqdim etgan sunʼiy yöldoş suratlari bu Rossiya harbiy-dengiz flotiga qaraşli «Merkuriy» korveti ekanini körsatgan.

U 2023-yilda xizmatga kirgan, uzunligi 104,5 metr bölgan, kemalarga qarşi sakkizta raketa va vertolyot olib yura oladigan jangovar kema hisoblanadi. Uning qiymati taxminan 200 mln dollar deb baholanmoqda. Yakşanba kuni olingan suratlarda «Merkuriy»ning katta qismi ağdarilib, suvga çökib ketgani körinadi.

Öşa kuni keyinroq Benğozi sohili yaqinida Malta bayroği ostidagi tijorat kemasiga dengiz droni zarba berdi. U ham Rossiyaga tegişli yuk kemasi ekani aytilmoqda.

Liviya harbiy manbalarining Reuters’ga maʼlum qilişiça, keçqurun yana 20 dan ortiq dengiz droni zararsizlantirilgan.

Hujumni heç kim öz zimmasiga olmadi, Moskva ham hozirça izoh bermadi. Şarqiy hukumat boş vaziri esa BMT Boş Assambleyasi va Xavfsizlik Kengaşidan xalqaro tergov ötkazişni söradi. U dronlar Liviya ğarbidan uçirilgani haqidagi şubhalarni tekşirişga çaqirdi. Şuningdek, mamlakatda ukrainalik mutaxassislar bor-yöqligini aniqlaş va Kievdan rasmiy tuşuntiriş olişni talab qildi.

Liviya böyiça mutaxassis va tahlilçilar hujum ortida Ukraina turganiga «deyarli şubha yöqligini aytmoqda».

Maʼlumot uçun, 2011-yilda Muammar Qaddafiy ağdarilganidan söng Liviyada ikki raqib hukumat paydo bölgandi. Tripolidagi hukumat xalqaro miqyosda tan olingan. Şarqiy hukumat esa Liviya milliy armiyasi qömondoni Xalifa Haftar bilan ittifoqdoş.

Meksikada narkobaron qölga olindi

Meksika maxsus kuçlari 20-noyabr kuni Sinaloa ştatida «El Çapo Isidro» laqabli narkobaron Mesa Floresni qölga oldi. U FQB eng köp qidirayotgan 10 jinoyatçidan biri edi.

New York Times’ning yozişiça, narkobaronni bir neça hafta davomida AQŞ dronlari yordamida kuzatişgan. Uning izini oilasi bilan yozişmalari oçib bergan. Harbiylar avval çalğituvçi reydlar ötkazib, keyin u yaşirinib turgan uyga bostirib kirgan. Kartel jangarilari ularga öqotar qurol va portlovçi moddalar bilan hujum qilgan. Armiya vertolyotlar bilan jangarilar nişonlariga zarba bergan.

Rasmiy maʼlumotga köra, operatsiyada tört nafar askar va yetti nafar hujumçi öldirilgan. Mahalliy naşrlar qurbonlar soni 21 nafarga yetganini yozmoqda, biroq bu rasman tasdiqlanmagan. Hibsdan keyin jangarilar ştatdagi yöllarni yonayotgan maşinalar bilan tösib çiqqan.

AQŞning Meksikadagi elçisiga köra, «strategik razvedka maʼlumotlari almaşinuvi bu operatsiyani amalga oşirişga yordam bergan».

AQŞda Mesa Flores narkoterrorizmda ayblanmoqda, Vaşington uning ekstraditsiyasini söragan. Hozirça u Mexikoda, prokuratura ixtiyorida.

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Meksika kartellarga qarşi köproq çora körmasa, uning hududida harbiy kuç işlatiş bilan tahdid qilgandi.

Iqlim sammiti kelişuvsiz yakunlandi

Turkiyaning Antaliya şahrida ötgan BMTning COP31 iqlim konferensiyasida çuqur kelişmovçiliklar sabab davlatlar iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş böyiça yangi bitimga erişa olmadi.

Muzokaralar 20-noyabr kuni tugaşi kerak edi, biroq 22-noyabrgaça çözildi va iqlim konferensiyalari tarixidagi eng uzoq davom etgan sammitga aylandi.

Yakşanba kuni tongda delegatlarga taqdim etilgan yakuniy loyihada «qazilma yoqilği» sözlari umuman uçramagan. Şu sababli Yevropa Ittifoqi, Tinç okeanidagi orol davlatlari va boşqa mamlakatlar hujjatga qarşi çiqdi. Kambağal davlatlar esa boy mamlakatlar iqlim özgarişiga moslaşişda ularga yordam beriş böyiça aniq moliyaviy majburiyat olmaganidan norozi böldi.

Muzokaralar davomida taqdim etilgan ilk loyihada «qazilma yoqilği» iborasi olti marta uçragandi. Biroq neft qazib çiqaruvçi davlatlar bunga qarşi çiqdi. Saudiya Arabistoni delegatining taʼkidlaşiça, tarixan çiqarilgan issiqxona gazlarining faqat kiçik qismi arab davlatlari hissasiga töğri keladi. Rossiya esa qazilma yoqilğidan juda tez voz keçiş «yoqilği qaşşoqligi»ga olib kelişi haqida ogohlantirdi.

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş natijadan qattiq hafsalasi pir bölganini aytdi. Lavozimini tark etiş arafasida turgan Guterriş «qudratli qazilma yoqilği manfaatdorlari»ni tanqid qildi.

«[Ular] ilmni buzib körsatmoqda, harakatlarni tösmoqda va butun dunyoda odamlar buning bahosini tölayotgan bir paytda ulkan foyda töplamoqda», dedi u.

Rasmiy muzokaralarni boşqargan Avstraliya muvaffaqiyatsizlikni murakkab geosiyosiy vaziyat bilan izohladi. Şunga qaramay, ayrim masalalarda, jumladan, toza energiyaga ötişda işçilar va jamoalarni qöllab-quvvatlaş mexanizmi böyiça olğa siljişga erişildi.

Indoneziyadagi yonğin: 24 kişi halok böldi

Indoneziyadagi qandolat fabrikasida çiqqan yonğin qurbonlari soni 24 kişiga yetdi. Yana 30 ga yaqin kişi hamon bedarak.

Yonğin 21-noyabr kuni keçqurun fabrika binolaridan birida boşlangan. Fabrika poytaxt Jakartadan bir soatlik masofada, Banten viloyatida joylaşgan. Korxona rahbarining aytişiça, öşa kungi smenada fabrikada 300 ga yaqin kişi bölgan.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, yonğinga konditsionerdagi qisqa tutaşuv sabab bölgan bölişi mumkin. Fabrikada xavfsizlik qoidalariga rioya etilgani tekşirilmoqda va korxona rahbari söroqqa çaqirtiriladi.

Qidiruv-qutqaruv işlari 23-noyabr kuni ham davom etmoqda. Rasmiylarning aytişiça, hali öçmagan öçoqlar va tobora mustahkamligini yöqotayotgan bino qutqaruvçilar uçun xavf tuğdirmoqda.

Yonğin juda kuçli bölgani uçun qurbonlarni körib tanib bölmayapti. Politsiya vakilining aytişiça, ularning qarindoşlaridan DNK namunalari olinmoqda. Şaxsni aniqlaş bir neça hafta davom etişi mumkin.

Britaniya va YEI yaqinlaşmoqda

Breksit referendumidan ön yil ötib, Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni yana yaqinlaştirişga intilmoqda. 20-noyabr kuni Buyuk Britaniya boş vaziri Endi Bornhem va YEI rahbarlari özaro sammitda qatnaşib, qator kelişuvlarga erişdi.

BBC’ning yozişiça, kelişuvlar britan oziq-ovqat eksporti, uglerod çiqindilari savdosi va yoşlar dasturini qamrab oladi. Unga köra, Britaniya oziq-ovqat va qişloq xöjaligi sohasida YEI qoidalariga amal qiladi. Buning evaziga Bryussel britan mahsulotlari uçun sanitariya sertifikatlari, bojxona hujjatlari va çegaradagi tekşiruvlarni bekor qiladi. Yoşlar dasturi esa britaniyalik va yevropalik yoşlarga bir-birining hududida maʼlum muddat yaşaş, öqiş va işlaş imkonini beradi.

Bornhem 23-noyabr kuni parlamentda kelişuvni joriy parlament davridagi eng yirik iqtisodiy ösiş çorasi deb ataşi kutilmoqda. Hukumat hisob-kitobiga köra, u iqtisodiyotga 17 mlrd funt sterling qöşişi mumkin.

«Ön yillik sarsonlik va bölinişga çek qöyiş imkoniyati bizning qölimizda va biz undan foydalanişimiz kerak», dedi u nutqida.

Muxolifat esa kelişuvni keskin tanqid qilmoqda. Konservatorlar partiyasi yetakçisi Kemi Badenok britan fermerlari endi Bryussel qoidalariga böysunişga majbur bölişini aytdi. U 17 milliardlik hisob-kitobni ham asossiz deb atadi.

Bornhem 2026-yil iyulida Kir Starmer örniga boş vazir bölgandi. Sentabr oxirida u Britaniya YEI bojxona ittifoqi yoki yagona bozoriga qaytişi, hatto ittifoqqa töliq qayta qöşilişi mumkinligini aytgandi. Biroq hozirça u Leyboristlar partiyasining keyingi saylovoldi dasturiga boğliq.

Maʼlumot uçun, 2016-yilgi referendumda britaniyaliklar 52 foizga qarşi 48 foiz ovoz bilan Yevroittiffoqdan çiqişni tanlagan.

O‘xshash yangiliklar