23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Meksika kuçlari eng xavfli narkobaronlardan birini qölga oldi: operatsiya qanday ötdi?

Jahon 23.11.2026 10:17 0Kun.uz
Meksika kuçlari eng xavfli narkobaronlardan birini qölga oldi: operatsiya qanday ötdi?

Operatsiya 20-noyabr kuni Sinaloa ştatining Guasave şahrida AQŞ razvedkasi yordamida ötkazildi. Rasmiy maʼlumotga köra, unda 11 kişi öldirildi: tört nafar harbiy va yetti nafar kartel jangarisi. Hibsdan keyin şahar bir keçaga jang maydoniga aylandi. AQŞ buni kartellarga katta zarba deb atamoqda. Ekspertlar esa Sinaloada zöravonlik yanada kuçayişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

«El Çapo Isidro» kim?

Fausto Isidro Mesa Flores – Meksikaning eng xavfli narkobaronlaridan biri sanalgan, ammo köpçilikka kam taniş edi. 44 yoşli Mesa Flores narkosavdoda 1990-yillardan beri faol bölgan. BBC yozişiça, u özini köz-köz qilmagani uçun şu paytgaça qölga tuşmagan.

U avval Beltran Leyva kartelining yuqori martabali aʼzosi bölgan. Keyin Guasaveda öz guruhini tuzgan va u «Guasave karteli» nomi bilan tanilgan. Meksikaning Reforma gazetasi uni Sinaloadagi eng yirik faol narkobaron deb atagan.

Fausto Isidro Mesa Flores qölga olingan vaqtida / Foto: Cuartoscuro

AQŞ uni 2012 va 2019-yillarda narkotik savdosi va qurol bilan boğliq jinoyatlarda ayblagan. AQŞ Davlat departamentiga köra, uning guruhi 20 yildan ortiq vaqt davomida AQŞga tonnalab geroin, metamfetamin, kokain va marixuana olib kirgan. Meksika rasmiylari 2024-yilda musodara qilingan 20 mln dona fentanil tabletkasini ham şu guruh bilan boğlagan. 2025-yilda FQB uni eng köp qidirilayotgan 10 kişi röyxatiga kiritgan. U haqidagi maʼlumot uçun 5 mln dollargaça mukofot vaʼda qilingandi.

Operatsiya qanday ötdi?

Mesa Floresni qölga oliş bir neça haftalik kuzatuvdan boşlangan. New York Times manbalariga köra, Meksika harbiylari va AQŞ razvedkasi haftalar davomida maʼlumot almaşgan. AQŞ Meksika hukumatining ruxsati bilan u yaşiringan hudud ustida razvedka dronlarini uçirgan. Meksika harbiy tahlilçilari esa uning aloqalarini tutib olgan va dron tasvirlari orqali kundalik tartibini örgangan.

O‘xshash yangiliklar