25.11.2026, Chorshanba+10.8°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+10.8°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Prezident huzurida 2027-yilda bölib ötadigan yirik xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik köriş masalalari muhokama qilindi

O'zbekiston 25.11.2026 21:41 0Kun.uz
Prezident huzurida 2027-yilda bölib ötadigan yirik xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik köriş masalalari muhokama qilindi

Davlat rahbari ilgari Turkiya, Ömon va Iordaniyaga amalga oşirilgan davlat taşriflari davomida imzolangan hujjatlar ijrosini taʼminlaş, investitsiya loyihalarini jadal işlab çiqiş, ularni moliyalaştiriş manbalarini aniqlaş va zarur infratuzilmani yaratiş böyiça birinçi galdagi vazifalar belgilandi.

Har bir mamlakat böyiça aniq çora-tadbirlar, ularni amalga oşiriş muddatlari va masʼul ijroçilar körsatilgan kompleks “yöl xaritalari”ni şakllantiriş zarurligi taʼkidlandi.

Şuningdek, turizm, taʼlim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi kelişuvlarni röyobga çiqariş, töğridan-töğri aviaqatnovlar va hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş muhimligi qayd etildi.

Vazirliklar, tarmoqlar va hududlar rahbarlariga xorijlik şeriklar bilan doimiy muloqotni yölga qöyiş, qöşma loyihalarning amalga oşirilişiga tizimli kömaklaşiş va yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor hal etiş topşirildi.

Yiğilişda yil boşidan buyon amalga oşirilgan boşqa xorijiy taşriflar va oliy darajadagi muzokaralar yakunida erişilgan kelişuvlarning ijrosi ham körib çiqildi.

Şu bilan bir qatorda, 2027-yilda bölib ötadigan yirik xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik köriş masalalari muhokama qilindi. Ularning kun tartibini mazmunli qilib şakllantiriş, köp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan taşabbus va takliflarni işlab çiqişga alohida eʼtibor qaratildi.

Masʼul idoralarga tadbirlarga mazmuniy va taşkiliy jihatdan tayyorgarlikning barça yönalişlarida hamjihatlikda iş olib boriş, xorijlik şeriklar bilan zarur maslahatlaşuvlar ötkaziş va bölajak tadbirlarni yuksak saviyada taşkil etiş uçun barça şaroitlarni yaratiş topşirildi.

O‘xshash yangiliklar