25.11.2026, Chorshanba+10.8°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+10.8°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

O‘zbekiston 2027 yilgi «eng yuqori xavfsizlik» ta’minlangan davlatlar qatoriga kirdi

O'zbekiston 25.11.2026 22:44 0Zamin
O‘zbekiston 2027 yilgi «eng yuqori xavfsizlik» ta’minlangan davlatlar qatoriga kirdi

Nufuzli CEOWORLD Magazine xalqaro nashri tomonidan e’lon qilingan 2027 yilgi Travel Safety Ranking reytingida O‘zbekiston dunyoning 198 ta mamlakati orasida 81,03 ball bilan 27-o‘rinni egalladi. Turizm qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimiz sayohat xavfsizligi darajasi «eng yuqori xavfsizlik» toifasida baholangan davlatlar qatoridan joy oldi.

Tinchlik, jamoat tartibi va mintaqaviy peshqadamlik

Reytingni tuzishda O‘zbekistondagi barqaror tinchlik, jamoat tartibining yuqori darajada ta’minlangani hamda mamlakat ichidagi osoyishta muhit asosiy mezon sifatida qayd etilgan. Qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari ham reytingda xavfsizlik darajasi «yuqori» mamlakatlar guruhiga kiritilgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston mintaqada eng yaxshi natijani qayd etdi:

  • O‘zbekiston — 27-o‘rin (81,03 ball)

  • Qozog‘iston — 44-o‘rin (76,8 ball)

  • Turkmaniston — 57-o‘rin (72,4 ball)

  • Qirg‘iziston — 65-o‘rin (70,3 ball)

  • Tojikiston — 73-o‘rin (68,1 ball)

O‘zbekiston 2027 yilgi «eng yuqori xavfsizlik» ta’minlangan davlatlar qatoriga kirdi

Jahon reytingining yetakchilari va eng quyi o‘rinlar

O‘xshash yangiliklar