23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Qirğizistondagi yonğinda ikki özbekistonlik halok böldi

Jahon 23.11.2026 14:40 0Kun.uz
Qirğizistondagi yonğinda ikki özbekistonlik halok böldi

22-noyabr kuni Qirğizistonning Jalolobod viloyati Manas şahrida qurilişi tugallanmagan ikki qavatli restoran binosida yonğin yuz berdi.

Hodisa oqibatida Özbekistonning ikki nafar fuqarosi halok bölib, yana bir özbekistonlik jarohatlangan.

Mahalliy naşrlar maʼlumotiga köra, voqea joyidan bir kişining jasadi topilgan, yana ikki kişi oğir ahvolda şifoxonaga olib borilgan, ammo ulardan biri şifoxonada vafot etgan, ikkinçisi oğir ahvolda jonlantiriş bölimida qolmoqda.

Özbekiston TIV matbuot kotibi Omonulla Fayziev aniqlik kiritişiça, qurbonlar uşbu obyektning quriliş işlarida mehnat qilgan bölib, I.R.A. (40 yoşda) hamda B.B.B. (38 yoşda) tutundan zaharlaniş oqibatida vafot etgan. 28 yoşli A.A.A. esa Jalolobod viloyati klinik şifoxonasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan va uning ahvoli oğir deb baholanmoqda.

Holat yuzasidan mahalliy idoralar tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Vaziyat Özbekistonning Öşdagi Boş konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan, marhumlarning jasadini vatanga qaytariş çoralari körilmoqda, qarindoşlari bilan aloqa örnatilgan.

O‘xshash yangiliklar