24.11.2026, Seshanba+12.2°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+12.2°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Sindarov katta kuraşga kirişdi. Uning nomi Kasparov, Karpov va Karlson bilan bir qatorda tilga olinişi mumkin

Sport 24.11.2026 16:11 0Kun.uz
Sindarov katta kuraşga kirişdi. Uning nomi Kasparov, Karpov va Karlson bilan bir qatorda tilga olinişi mumkin

Şaxmat toji uçun 14 partiyali öyin Şveysariyaning Jeneva şahrida 15-dekabrgaça davom etadi. Javohir Sindarov Nomzodlar turniri ğolibi sifatida amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommarujiga qarşi bahs olib boradi. Birinçi bölib 7,5 oçko jamğargan ğolib böladi. Kuçlar teng kelsa, ğolib tay-brekda aniqlanadi. Musobaqa sovrin jamğarmasi 2,5 mln dollar. Ğolib 1,3 mln va finalçi 1,2 mln dollar oladi.

Şaxmat böyiça jahon çempionlari

Şaxmat böyiça ilk rasmiy jahon çempionati 1886-yilda AQŞda ötkaziladi. Unda Vilgelm Steynits raqibi Iogann Sukertortni yengib, birinçi jahon çempioniga aylanadi. 1894-yil Steynitsga daʼvogar Emmanuel Lasker raqib böladi. AQŞda bölib ötgan bahslarda Lasker raqibini 12-7 hisobida mağlub etadi va ikkinçi jahon çempioni böladi.

1921-yil Kubada mezbon Xose Raul Kapablanka Laskerni 9-5 hisobida yengib, jahon tojiga ega çiqadi. Köp ötmay katta sahnaga sovet sportçilari çiqa boşlaydi. 1927-yil Aleksandr Alyoxin Buenos-Ayresda Kapablankani yengib, navbatdagi jahon çempioniga aylanadi. 1935-yil Alyoxin çempionlikni Maks Eyvega boy bergan bölsa-da, ikki yil ötib revanşda sovrinni yana qaytarib oladi.

1946-yil Alyoxin çempion statusida vafot etadi. Şundan söng jahon çempionatini taşkillaştiriş xalqaro şaxmat federatsiyasi – FIDE tasarrufiga ötadi. 1948-yil taşkilot beş şaxmatçi örtasida turnir ötkazadi va unda ğolib çiqqan rossiyalik Mixail Botvinnik navbatdagi jahon çempioni böladi. Keyingi 25 yil davomida şaxmat toji faqat sovet şaxmatçilariga nasib etadi: Mixail Botvinnik, Vasiliy Smislov, Mixail Tal, Tigran Petrosyan, Boris Spasskiy.

1972-yil amerikalik Robert Fişer çempion böladi, lekin köp ötmay rossiyalik Anatoliy Karpov Fişerdan tojni tortib oladi. 1985-yil dunyo şaxmatida yorqin yulduz ölaroq porlayotgan 22 yoşli Garri Kasparov Anatoliy Karpovni mağlub etib, jahon şaxmat tojini qölga kiritadi. Bu payt jahon şaxmatida amalda Garri Kasparov davri boşlangandi. Bu davr 2000-yillargaça davom etadi.

Kasparovning isyoni va ikkita çempion

1993-yilda FIDEda böliniş yuz beradi. Bu taşkilot bilan hamkorlik qilişni xohlamagan Garri Kasparov xalqaro professional şaxmat assotsiatsiyasini tuzadi. Söng şu taşkilot şafeligida angliyalik Neyjel Şort bilan bellaşib, jahon çempionligini özida saqlab qoladi.

FIDE ham qarab turmaydi va Kasparov iştirokisiz jahon çempionatini taşkillaştiradi. Hal qiluvçi bahsda Anatoliy Karpov niderlandiyalik Yan Timmanni mağlub etib, jahon çempioni böladi. Şu tariqa bir vaqtning özida ikki şaxmatçi jahon çempioni böladi. Biroq har ikki yönaliş çempioni – Karpov va Kasparov örtasida hal qiluvçi bahs ötkazilmaydi. Bunga öşa paytlarda köproq vaqtini AQŞda ötkazayotgan Kasparov könmaydi.

Keyinçalik ikkita yönaliş 2006-yilgaça çempionlik uçun öz bahslarini davom ettiradi. FIDE yönalişida rossiyalik Ruslan Ponamaryov, hamyurtimiz Rustam Qosimjonov, bolgariyalik Veselin Topalov kabilar jahon çempioni böladi. Narigi tomonda esa Kasparov gegemonligi 2000-yildagina tugaydi. Boşqa bir rossiyalik şaxmatçi Vladimir Kramnik Kasparovdan çempionlikni tortib oladi.

Qosimjonovning olamşumul ğalabasi

2004-yilning iyun-iyul oylarida Tripolida FIDE navbatdagi jahon çempionatini taşkil etadi. «Nokaut tizimi» deb ataladigan uslubda ötkazilgan bu turnirda 128 nafar şaxmatçi qatnaşadi. Xususan, 2652 ball bilan jahon reytingida 54-örinda borayotgan özbekistonlik Rustam Qosimjonov ham. Köpçilik eʼtibor ham bermagan özbek öğloni birin-ketin raqiblarini yengib, finalgaça yetib boradi. Jumladan, 3-raundda ukrainalik Vasiliy Ivançukni, yarimfinalda kimsan Veselin Topalovni yengadi. Finalda Rustamni dunyo reytingida 6-bölib turgan angliyalik Maykl Adams kutib turgandi.

Belgilangan oltita partiyada hisob 3:3 böladi va şaxmatçilar tay-brekda bellaşadi. Ikki partiyadan iborat tezkor şaxmatda Qosimjonov 1,5-0,5 hisobida ğalaba qozonib, jahon çempioniga aylanadi. Bu özbek sporti uçun ulkan tarixiy natija edi.

Birlaşiş

2005-yilda FIDE tasarrufidagi jahon çempionatida Veselin Topalov ğolib çiqadi va u xalqaro professional şaxmat assotsiatsiyasi jahon çempioni hisoblangan Vladimir Kramnik bilan jahonning mutlaq çempionligi uçun bellaşiş böyiça muzokara boşlaydi. 2006-yil FIDE tomonlar kelişuvga erişganini va ular örtasida mukofot jamğarmasi 1 mln dollar bölgan bahs ötkazilişini eʼlon qiladi.

Reglamentda şaxmatçilar 12 partiyada dona surişi, kim köp oçko töplasa öşa jahonning mutlaq çempioni bölişi belgilanadi. 12 partiyada kuçlar teng kelsa, ğolibni tezkor şaxmatdagi bir neçta partiya aniqlab berişi lozim edi. Rossiyaning Elista şahrida ötkazilgan musobaqada asosiy partiyalar öynalganidan söng hisob 6:6 böladi. Tört partiyalik tezkor şaxmatda Vladimir Kramnik ğalaba qozonadi.

Ana şu musobaqadan boşlab jahon çempionligi uçun bahslar yana FIDE tasarrufiga ötkaziladi. Keyinçalik hindistonlik Vişi Anand, norvegiyalik Magnus Karlsen, xitoylik Din Lijen va hindistonlik Gukeş Dommaraju jahon çempioni böladi.

Sindarov jahon toji uçun daʼvogar

Bugun Şveysariyada navbatdagi jahon toji uçun kuraş boşlandi. Unda hamyurtimiz Javohir Sindarov hindistonlik amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommarujuga qarşi bahs olib boradi.

Javohir jahon çempionligiga daʼvogar böliş uçun qiyin yölni bosib ötdi. Avvaliga 2025-yilda Hindistonda ötkazilgan Jahon kubogini yutib, Nomzodlar turniriga yöllanma oldi. 2026-yil bahorda Kiprda bölib ötgan Nomzodlar turnirida jahonning kuçli şaxmatçilari Aniş Giri, Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura, Vey I, Mattias Blyubaum, Rameşbabu Pragnanandha va Andrey Yesipenko bilan bahs olib bordi. 14 partiyaning birortasini yutqazmay, 10 oçko bilan çempion böldi.

Köpçilikda Rustam Qosimjonovning çempionligi va Javohir Sindarov daʼvogar bölayotgan jahon tojining farqi nimada degan savol tuğilişi tayin. Qosimjonov şaxmat olami ikkiga bölingan paytda FIDE tasarrufidagi çempionatda ğolib çiqqan. Öşa paytda u iştirok etgan turnirda Garri Kasparov, Neyjel Şort, Vişi Anand, Peter Leko va Pyotr Svidler kabi kuçli şaxmatçilar qatnaşmagan. Şunday bölsa-da, Rustam Qosimjonovning ğalabasi rasman jahon çempionligi hisoblanadi.

2006-yildan söng şaxmat olami qayta birlaşdi va öşandan buyon jahon çempionligi uçun barça şaxmatçilar bellaşib kelmoqda. Umid qilamiz, musobaqada Javohir ğalaba qozonib, öz nomini bu qadimiy öyinning yetuk ustalari bilan bir qatorda şaxmat tarixiga zarhal harflar bilan yozadi. Magnus Karlson davrida jahon çempioni degan nomni qölga kiritiş esa ikki hissa şarafli böladi.

O‘xshash yangiliklar