Tanani öz immunitetidan asraydigan mexanizm aniqlandi

Surunkali infeksiyalarda viruslar organizmda köpayişda davom etsa ham, immun hujayralari ularga qarşi kuraşiş qobiliyatini asta-sekin yöqotadi. Bu öta xavfli holat inson ölimiga ham olib kelişi mumkin. Şu paytgaça immun tizimining bunday «özini özi jilovlaşi» hujayralarning uzoq vaqt zöriqib işlaşi bilan izohlanardi. Yangi tajriba hujayralarning toliqişi maxsus himoya mexanizmi işga tuşişi natijasi ekanini körsatdi. Bu mexanizm organizmni öz immun tizimining halokatli taʼsiridan asraydi.
Organizmning virusli infeksiyalarga qarşi kuraşida T-killerlar, yaʼni CD8+ T-limfotsitlar katta rol öynaydi. Ular virus yuqqan hujayralarni tanib, yöq qiladi va şu yöl bilan infeksiya tarqalişini çeklaydi. Surunkali infeksiyalar va onkologik kasalliklarda esa T-limfotsitlar öz nişonlarini yöq qilişdan ham, tölaqonli immun javob uçun zarur moddalarni işlab çiqarişdan ham töxtaydi. Olimlar bu hodisani «T-hujayralarning toliqişi» deb atagan. Ilgari bu jarayon T-limfotsitlarning viruslarga yoki saraton hujayralariga xos oqsil parçalariga qayta-qayta duç kelişi bilan boğliq deb hisoblanardi.
Germaniyadagi Vyursburg universiteti olimi Volfgang Kastenmyuller boşçiligidagi biologlar guruhi bu jarayonda dendritik hujayralar ham iştirok etişini aniqladi. Bu hujayralar T-limfotsitlarni infeksiya qözğatuvçilarining öziga xos belgilari bilan taniştiradi va limfotsitlarning faollaşuvini boşqaradi.
Olimlar limfotsitar xoriomeningit virusi yuqtirilgan siçqonlarda tajriba ötkazib, şunday xulosaga keldi. Virus yuqqanidan keyin taxminan beşinçi kuni siçqonlar organizmida yalliğlaniş signallariga sust javob beradigan dendritik hujayralar paydo böldi. Ular immun tizimini rağbatlantiruvçi moddalarni kamroq işlab çiqardi. Ayni paytda ularning taʼsirida T-limfotsitlarda toliqiş belgilari rivojlandi.
Olimlar surunkali infeksiyaga çalingan siçqonlar organizmidan şu turdagi dendritik hujayralarni olib taşlagaç, T-limfotsitlarning toliqişi sekinlaşdi. Şunda immun tizimi haddan taşqari faollaşib, siçqonlar virus yuqqanidan taxminan ikki hafta ötib nobud böldi. Nazorat guruhidagi siçqonlar esa tirik qoldi.
Keyingi tajribalar bunday dendritik hujayralarning paydo bölişi birinçi turdagi interferonlar taʼsiriga boğliqligini körsatdi. Interferonlar - virus organizmga kirganida işlab çiqariladigan signal oqsillari. Ular keyinçalik dendritik hujayralarga aylanadigan hujayralarni hali suyak kömigida rivojlanayotgan paytidayoq qayta dasturlaşda iştirok etadi.



