Xazon yoqiş onkologik kasalliklar xavfini ham oşiradi - şifokor

Bu haqda Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi şifokori Muzaffar Karimov maʼlum qildi.
Mutaxassisning taʼkidlaşiça, xazon tutuni köz açişişi, yötal, nafas qisişi va allergik reaksiyalarga sabab böladi, şuningdek, astma va surunkali nafas yöllari kasalliklarini kuçaytiradi. Tutun tarkibidagi mayda zarraçalar öpkaga çuqur kirib, yurak-qon tomir tizimiga salbiy taʼsir körsatadi hamda öpka hujayralari DNKsini zararlaş orqali saraton kasalliklari rivojlaniş xavfini oşiradi.
Şifokorlar bunday tutun ayniqsa quyidagi qatlamlar uçun öta xavfli ekanini qayd etmoqda:
Bolalar: kattalarga nisbatan tez-tez nafas olgani bois ifloslangan havodan köproq zararlanadi;
Homilador ayollar: öz salomatligi bilan birga homila hayotini ham xavf ostiga qöyadi;
Keksalar: yurak-qon tomir va nafas yöllari xastaliklari zörayişi ehtimoli yuqori.
Ekologiya milliy qömitasi fuqarolarni xazon yoqmaslikka çaqirib, bunday holatlarga duç kelinganda (71) 207-07-70 (5015#), 11-57 qisqa raqamlari yoki @ecogovuz_bot orqali xabar beriş mumkinligini eslatmoqda.



