Tinç okeani ikki yirik okeanning jami maydonidan katta

Dunyo okeani Yer yuzasining qariyb 71 foizini qoplaydi va sayyoramizdagi jami suvning taxminan 97 foizini özida jamlagan. U özaro tutaşgan şör suvlardan iborat yaxlit tizim bölib, odatda beşta asosiy okeanga ajratiladi.
Uşbu infografikada beş okean suv yuzasining maydoni böyiça kattadan kiçikka qarab joylaştirilgan. Maʼlumotlar AQŞning Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boşqarmasidan (NOAA) olingan. Hisob-kitoblarda har bir okeanga tegişli dengizlar inobatga olingan, köllar esa hisobga kiritilmagan.
Tinç okeani Osiyo va Avstraliyaning şarqiy sohillaridan Şimoliy va Janubiy Amerikaning ğarbiy qirğoqlarigaça çözilgan. Uning maydoni 166 million kvadrat kilometrni taşkil etadi.
Tinç okeani özidagi suv hajmi böyiça ham birinçi örinda turadi. Ulkan ölçamlari tufayli u okean suvlarining global aylanma harakati, ob-havo jarayonlari va dengiz ekotizimlari holatini belgilovçi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Maydoni böyiça ikkinçi örinni Atlantika okeani egallaydi - taxminan 81,8 million kvadrat kilometr. Undan keyin taxminan 73,6 million kvadrat kilometr maydonga ega Hind okeani keladi.
Bu ikki okeanning umumiy maydoni qariyb 156 million kvadrat kilometrni taşkil etadi. Biroq bu ham Tinç okeani maydonidan kiçik.
Uçta eng yirik okean hissasiga Dunyo okeani umumiy maydonining 87,2 foizi töğri keladi. Demak, Janubiy va Şimoliy Muz okeanlarining birgalikdagi uluşi atigi 12,8 foiz.
Reytingning sönggi örnida maydoni 12,2 million kvadrat kilometr bölgan Şimoliy Muz okeani turadi. Bu Dunyo okeani yuzasining atigi 3,3 foizi demakdir.
Taqqoslaş uçun: Şimoliy Muz okeanining maydoni quruqlik hududi böyiça sayyoramizdagi eng katta davlat - Rossiya maydonidan ham kiçik.
Antarktidani örab turgan Janubiy okeanning maydoni 35 million kvadrat kilometr. Bu Şimoliy Muz okeani maydonidan qariyb uç baravar katta.
Nisbatan kiçik ölçamlariga qaramay, har ikkala qutbiy okean ham Yerning iqlim tizimida muhim örin tutadi. Bu ularning qutb muzlari bilan özaro taʼsirlaşuvi va okean suvlarining global aylanma harakatidagi iştiroki bilan boğliq.



