24.11.2026, Seshanba+12.2°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+12.2°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Toşkentning Çilonzor tumanida yangi sayilgoh barpo etiladi

Jamiyat 24.11.2026 18:00 0Kun.uz
Toşkentning Çilonzor tumanida yangi sayilgoh barpo etiladi

Toşkent şahrining Çilonzor tumanida Anhor kanali böyini obodonlaştiriş va zamonaviy sayilgoh taşkil etiş işlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida 1,7 kilometr hudud obodonlaştirilib, piyodalar va velosipedçilar uçun yölaklar, köpriklar hamda yaşil hududlar barpo etiladi. Bu haqda Toşkent şahri hokimligi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, işlar kanalning Bunyodkor köçasidan Naqqoşlik köçasigaça bölgan qismida amalga oşirilmoqda. Hozirga qadar kanal özanining 500 metrdan ortiq qismi betonlaştirilgan.

Loyihaga muvofiq, kanalning har ikki sohili böylab umumiy uzunligi 3,4 kilometr bölgan piyodalar va velosiped yölaklari quriladi. Şuningdek, sohillarni özaro boğlaş uçun uçta köprik barpo etiladi. Aholi xavfsizligini taʼminlaş maqsadida kanal böylariga himoya panjaralari ham örnatiladi.

Hududning ekologik holatini yaxşilaş va yaşil maydonlarni kengaytiriş maqsadida 500 dan ortiq daraxt va buta köçatlarini ekiş rejalaştirilgan.

Ayni paytda quriliş va obodonlaştiriş işlariga 100 nafarga yaqin işçi hamda 12 ta maxsus texnika jalb qilingan. Loyihani 2027-yil may oyida yakunlab, sayilgohni foydalanişga topşiriş belgilangan.

O‘xshash yangiliklar