24.11.2026, Seshanba+12.2°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+12.2°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Hamkorlikning yangi manzillari: Toşkent va Amman

Jamiyat 24.11.2026 17:24 0Uza
Hamkorlikning yangi manzillari: Toşkent va Amman

Xöş, hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş uçun yana qanday imkoniyatlar bor? Qaysi sohalarda qöşma loyihalarni rivojlantiriş mumkin? Bu haqda “Şarqşunos tahlilçilar” intellektual klubi aʼzosi Abera Maʼdiyeva bilan suhbatlaşdik.

– Özbekiston – Iordaniya savdo-iqtisodiy aloqalarida sönggi yillarda qanday özgarişlar kuzatilmoqda?

— Ikki mamlakat örtasida diplomatik munosabat 1993-yil örnatilgan bölsa-da, uzoq vaqt davomida hamkorlik asosan siyosiy va madaniy-gumanitar yönalişlarda rivojlandi. Iqtisodiy aloqalar esa nisbatan sust bölib qoldi. 2025-yil avgust oyida Iordaniya podşohi Abdulla II Özbekistonga davlat taşrifi bilan kelgaç, bu borada muhim buriliş yasaldi. Taşrif doirasida şeriklik munosabatini mustahkamlaş töğrisida qöşma bayonot qabul qilinib, 15 hujjat imzolandi. Savdo körsatkiçida ham ösiş kuzatilmoqda. 2017-yil özaro savdo miqdori 850 000 dollar edi. 2025-yil bu körsatkiç 8,5 million dollarga yaqinlaşdi. Yurtimizda Iordaniya kapitali iştirokidagi 18 korxona faoliyat yuritmoqda. Raqamlar hamkorlik uçun muayyan asos şakllanganini körsatadi.

– Ikki mamlakat iqtisodiyotida qaysi yönalişlar bir-birini töldiradi?

– Hamkorlik salohiyati, avvalo, mamlakatlar mavjud resursi va tajribasini birlaştirişda namoyon. Masalan, Iordaniya fosfat va kaliy zaxirasiga ega, Özbekiston esa mineral öğit işlab çiqariş böyiça tajriba töplagan. Demak, kimyo sanoatida qöşma loyihalar amalga oşiriş imkoni bor. Farmatsevtika, qişloq xöjaligi, töqimaçilik, energetika va logistika sohalarida ham şeriklik kölamini kengaytirsa böladi. Iordaniyaning xalqaro savdo va farmatsevtika sohasidagi tajribasi, şuningdek, Aqaba porti orqali Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika bozoriga çiqiş muhim. Ayni payt masofa va logistika xarajati asosiy tösiq bölib turibdi.

– Kelgusida hamkorlikni rivojlantiriş uçun qanday amaliy qadamlar taşlanadi?

– Institutsional hamkorlikni mustahkamlaş yölida jadal iş olib borilyapti. Fevral oyida savdo palatalari Işbilarmonlar kengaşini tuziş töğrisida kelişuv imzoladi. Imtiyozli savdo bitimi böyiça muzokara ham davom etyapti. Bunday mexanizm tadbirkorlar örtasidagi aloqani faollaştirib, savdo tösiğini kamaytiradi. Şuningdek, Toşkent – Amman havo qatnovi, Ammanda Özbekiston Savdo uyi oçiş imkoniyati va birinçi Özbekiston – Iordaniya biznes forumini taşkil etiş masalalari ham kun tartibida. Xorij tomoni 2025-yilgi taşrif natijasini yuzaga çiqariş doirasida turli sohalarda taxminan 20 bitim va hamkorlik memorandumini yakuniga yetkaziş ustida işlayapti.

Eng muhimi, hamkorlikni faqat kelişuv bilan çeklab qöymasdan, aniq sarmoyaviy loyihalar, qöşma işlab çiqariş va özaro yetkazib beriş hajmini oşiriş orqali amaliy natijaga erişiş zarur.

Musulmon Ziyo suhbatlaşdi. ÖzA

O‘xshash yangiliklar