Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan çiqişi haqida BMTni xabardor qildi

Tojikiston Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga Xalqaro jinoyat sudidan (XJS) çiqayotganini rasman maʼlum qildi. Bu haqda BMT boş kotibi Antoniu Guterrişga tayanib, TASS xabar berdi.
Aniqlik kiritilişiça, Duşanbedan yuborilgan hujjat BMTga 20-noyabr kuni kelib tuşgan. Amaldagi reglamentga köra, uşbu qaror bir yildan söng, yaʼni 2027-yil 20-noyabrda kuçga kiradi.
Tojikiston XJS Rim statutini 1998-yilda imzolagan va uni 2000-yilda ratifikatsiya qilgan. Joriy yilning sentabr oyida respublika parlamentining quyi palatasiga xalqaro taşkilot tarkibidan çiqiş töğrisidagi qonun loyihasi kiritilgan, 1-oktabr kuni esa deputatlar tegişli qarorni maʼqulladi.
2024-yilgaça Tojikiston MDH davlatlari orasida Xalqaro jinoyat sudiga aʼzo bölgan yagona mamlakat edi.
Eslatib ötamiz, 2023-yil mart oyida XJS Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olişga order bergan edi. Ammo siyosatçi heç qanday sanksiyalarga uçramasdan, Duşanbega bir neça bor rasmiy taşrif bilan kelib ketdi.
Sönggi yillarda bir qator yirik davlatlar XJS faoliyatida iştirok etişdan boş tortdi, masalan, Rossiya, AQŞ va Xitoy ana şunday huquqdan foydalangan.
Uşbu xalqaro institut BMT tarkibiga kirmaydi va Rim statutini ratifikatsiya qilgan mamlakatlarga hisobdor hisoblanadi. Hozir uşbu röyxatdan 120 dan ortiq davlat joy olgan. Qozoğiston va Turkmaniston sud faoliyatida iştirok etmaydi, Qirğiziston va Özbekiston esa qöşiliş töğrisidagi hujjatlarni imzolagan, ammo ularni ratifikatsiya qilmagan.



