Tramp va Paşinyan TRIPP loyihasi qurilişi boşlanganini eʼlon qildi

AQŞ prezidenti Donald Tramp va Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan «Xalqaro tinçlik va farovonlik yölida Tramp marşruti» (TRIPP, Trump Route for International Peace and Prosperity) loyihasini amalga oşiriş işlari boşlanganini eʼlon qildi.
Tramp va Paşinyan Ozarboyjonning ğarbiy tumanlarini Armaniston hududi orqali Naxçivon bilan boğlaşni nazarda tutuvçi TRIPP loyihasiga bağişlangan videomurojaat bilan çiqiş qildi.
AQŞ prezidenti tarixiy tinçlik kelişuvi munosabati bilan Paşinyan hamda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Alievga minnatdorlik bildirdi. U erişilgan hozirgi natijalarga hissa qöşiş imkoniyati tuğilganidan mamnunligini taʼkidlab, ikki davlat örtasidagi aloqalar rivojini, mintaqaviy tinçlik va farovonlikni qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
Oq uy rahbari, şuningdek, nomzodi Tinçlik böyiça Nobel mukofotiga ilgari surilgani uçun Armaniston va Ozarbayjon yetakçilariga taşakkur aytdi.
Paşinyan esa, öz navbatida, TRIPP Armaniston mustaqillikka erişganidan buyon mamlakatda amalga oşirilayotgan eng yirik iqtisodiy loyiha ekanini taʼkidladi.
Uning sözlariga köra, 2025-yil 8-avgust kuni Tramp iştirokida Armaniston boş vaziri va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliev tomonidan imzolangan qöşma deklaratsiya ikki mamlakat örtasidagi köp yillik adovatga çek qöyiş imkoniyatini yaratdi. Mazkur hujjat davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va yurisdiksiyasini qatʼiy hurmat qilgan holda, Janubiy Kavkazda uzluksiz multimodal tranzit hamda transport aloqalarini yölga qöyişni, şuningdek, içki transport kommunikatsiyalarini rivojlantirişni közda tutadi.
Paşinyan TRIPP loyihasi mintaqaviy va xalqaro miqyosda ulkan ahamiyat kasb etib, tomonlarga özaro manfaat keltirişini taʼkidladi. Boş vazirning qayd etişiça, u Armanistonning iqtisodiy taraqqiyotiga va mamlakatning taşqi bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytirişga sezilarli hissa qöşadi.



