23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Şvetsiyada Hindistondan ham köp qahva içiladi

Jahon 23.11.2026 11:20 0Kun.uz
Şvetsiyada Hindistondan ham köp qahva içiladi

Qahva butun dunyoda odamlar kundalik hayotining ajralmas qismiga aylangan. Biroq bu içimlikni eng köp isteʼmol qiladigan mamlakatlar har doim ham qahva anʼanalari bilan eng maşhur davlatlar bölavermaydi.

Infografikada 2025/26 marketing yilidagi jahon qahva isteʼmolidagi uluşiga qarab tartiblangan 96 davlat körsatilgan. Maʼlumotlar AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligining Xorijiy qişloq xöjaligi xizmati - USDA Foreign Agricultural Service hamda Yevropa qahva federatsiyasi - European Coffee Federation materiallaridan olingan.

Isteʼmol hajmlari yaşil, yaʼni qovurilmagan qahva donlari ekvivalentida, har biri 60 kilogrammlik qoplar hisobida ifodalangan.

Qahvani eng köp isteʼmol qiladigan sakkiz davlat hissasiga jahon talabining 51,1 foizi töğri keladi. AQŞ va Braziliyadan taşqari, yetakçi bozorlar qatoriga Germaniya, Yaponiya, Filippin va Xitoy ham kiradi.

Bu reyting aholi jon boşiga töğri keladigan qahva miqdorini emas, isteʼmolning umumiy hajmini aks ettiradi. Şuning uçun aholisi köp mamlakatlar ustunlikka ega. Aholisi kamroq, ammo qahva anʼanalari rivojlangan davlatlar esa röyxatda pastroq örinlarni egallaydi.

AQŞ yetakçilik qilmoqda: mamlakatda bir yilda 25,6 million qop qahva isteʼmol qilinadi. Bu natija, avvalo, mazkur içimlikni muntazam içadiganlar soni köpligi bilan izohlanadi.

AQŞ Milliy qahva assotsiatsiyasi maʼlumotlariga köra, voyaga yetgan amerikaliklarning 66 foizi har kuni qahva içadi. Isteʼmolçilarning bunçalik köpligi AQŞni dunyodagi eng yirik qahva importçisiga aylantirgan. Vaholanki, mamlakatning özida juda kam miqdorda qahva doni yetiştiriladi.

Braziliya - 22,3 million qop va Afrikaning eng yirik qahva bozori bölgan Efiopiya - 4,5 million qop misolida esa vaziyat butunlay boşqaça. Har ikki mamlakat qahva yetiştiriş böyiça yetakçilar qatoriga kiradi va yiğib olingan hosilning uçdan biridan köproğini içki isteʼmol uçun qoldiradi.

Bu ularning reytingda importga qaram bölgan ayrim boyroq davlatlardan nega oldinda ekanini qisman izohlaydi.

Osiyo–Tinç okeani mintaqasi hissasiga jahon qahva isteʼmolining 23,3 foizi töğri keladi. Mintaqaning beşta davlati reytingdagi birinçi öntalikka kirgan.

O‘xshash yangiliklar