23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Indoneziyada qandolat fabrikasiga öt ketdi. Kamida 24 kişi halok böldi (video)

Jahon 23.11.2026 13:41 0Qalampir
Indoneziyada qandolat fabrikasiga öt ketdi. Kamida 24 kişi halok böldi (video)

Joriy yilning 21 noyabr kuni Indoneziyaning Banten provinsiyasidagi qandolat fabrikasida yonğin sodir böldi. Hodisa oqibatida kamida 24 kişi halok böldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

“Yakşanba kuni Indoneziya politsiyasi Yava orolida yonğin oqibatida vayron bölgan fabrika binosidan jasadlar uçun möljallangan 24 ta qopni olib çiqdi”, deyiladi xabarda.

Yonğin 21 noyabr kuni keçqurun Çikande şahridagi PT Fonusa Agung Mulia fabrikasida yuz bergan. Ertasi kuni öt öçiruvçilar qolgan yonğin öçoqlarini bartaraf etişda davom etgan. Korxonaning bedarak yöqolgan xodimlarini qidiriş operatsiyasi tunda vaqtinça töxtatilgan.

Qurbonlarning aniq soni hozirça noma’lum. Politsiyaning tuşuntirişiça, bitta qopda bir neça kişining jasad qoldiqlari bölişi mumkin. Olovning kuçli ta’siri tufayli ularning şaxsini vizual tarzda aniqlaşning imkoni bölmagan. Şu sababli mutaxassislar halok bölganlarning şaxsini aniqlaş uçun bedarak yöqolganlarning qarindoşlaridan DNK namunalarini olmoqda va ularning şaxsiy buyumlaridan foydalanmoqda. Politsiya vakilining sözlariga köra, bu jarayon ikki-uç hafta vaqt olişi mumkin.

Fabrika ma’lumotlariga köra, korxonaning 65 nafar işçisidan 24 nafari uyiga qaytgan, tört nafari tibbiy yordam olmoqda, yana 29 kişi bedarak yöqolganlar röyxatida. Sakkiz kişining qayerda ekanini hozirça tasdiqlaşning imkoni bölmagan.

Yonğin sabablari örganilmoqda. Bundan taşqari, binoning bir qismi qulab tuşiş xavfi ostida qolgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğizistonning Manas şahrida qurilayotgan ikki qavatli binoda sodir bölgan yonğin oqibatida Özbekistonning ikki fuqarosi halok bölgani, yana bir özbekistonlik reanimatsiyaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.

O‘xshash yangiliklar