Iordaniya GTA VI öyinini taqiqlamoqçi

Iordaniyada voyaga yetmaganlar uçun xavf-xatar tufayli GTA VI öyinini taqiqlaşga tayyorgarlik körilmoqda. Rasmiylar bolalarning öyin çatlari orqali notaniş kişilar bilan muloqot qilişidan xavotirda. Bu haqda “Roya News” xabar berdi.
Mamlakat Telekommunikatsiyalarni tartibga soliş komissiyasi (TRC) raisi Lara al-Xatibning sözlariga köra, uşbu qaror bolalar va ösmirlar xavfsizligidan xavotirlangan fuqarolarning köplab murojaatlaridan söng telekommunikatsiya regulyatori tomonidan boşqa idoralar bilan birgalikda tayyorlanmoqda.
Al-Xatib zamonaviy videoöyinlar allaqaçon oddiy köngiloçar vosita doirasidan çiqib ketganiga e’tibor qaratgan. Ular foydalanuvçilar ovozli va matnli çatlar orqali turli mamlakatlardagi notaniş odamlar bilan töğridan töğri muloqot qilişi mumkin bölgan interaktiv raqamli makonlarga aylangan.
Regulyator rahbarining fikriça, bunday özaro aloqa voyaga yetmaganlar uçun qöşimça xatarlarni yuzaga keltiradi.
Qayd etilişiça, Iordaniyada bolalarni himoya qiliş töğrisidagi qonunçilik voyaga yetmaganlarning oçiq-soçiq kontent va ularning yoşiga mos kelmaydigan materiallardan foydalanişini taqiqlaydi.
Biroq al-Xatibning tuşuntirişiça, GTA 6 öyinida faqat kattalar uçun möljallanganlik haqidagi xalqaro belgi mavjud bölişiga qaramay, bolalar baribir uni yuklab olişi va öynaşi mumkin. Bunga voyaga yetmaganlarning kirişiga tösqinlik qiladigan qat’iy texnik çeklovlarning yöqligi sabab bölmoqda.
Al-Xatib ota-onalar va vasiylarning rolini alohida ta’kidlagan. Uning sözlariga köra, bolalarning smartfonlar, boşqa qurilmalar va videoöyinlardan foydalanişini nazorat qiliş, şuningdek, oilaning xabardorligi himoyaning birinçi çiziği bölib qolmoqda va davlat çoralarini töldirişi lozim.
Eslatib ötamiz, avvalroq Iordaniya rasmiylari milliy xavfsizlik va raqamli muhitni himoya qiliş maqsadida Telegram messenjerini bloklagan edi.



