Isroil armiyasida öz joniga qasd qiliş holatlari keskin köpaydi – OAV

Joriy yil boşidan buyon öz joniga qasd qilgan Isroil armiyasi harbiy xizmatçilari soni 23 nafarga yetdi. Bu sönggi 16 yil içidagi eng yuqori yillik körsatkiç böldi. Bu haqda “Haaretz” gazetasi xabar berdi.
Naşring yozişiça, sönggi yillarda mamlakat Qurolli kuçlari safida harbiy xizmatçilar orasida öz joniga qasd qiliş holatlari soni ortib bormoqda.
Naşr ma’lumotlariga köra, 2026 yil boşidan buyon haqiqiy harbiy xizmatni ötayotgan 23 nafar isroillik harbiy öz joniga qasd qilgan. Uşbu körsatkiç sönggi 16 yildagi rekord natijaga aylangan.
Maqolada aytilişiça, Isroil armiyasida öz joniga qasd qiliş holatlari 2023 yil oktyabr oyida Ğazo sektorida harbiy harakatlar boşlanganidan söng köpaya boşlagan.
Ğazodagi harbiy operatsiya boşlanişidan oldingi ön yil davomida isroillik harbiy xizmatçilar orasida öz joniga qasd qilişning örtaça yillik soni 12 ta holatni taşkil etgan.
2023 yil oktyabr oyidan yil oxirigaça yetti nafar harbiy xizmatçi öz joniga qasd qilgan bölsa, 2024 yilda ularning soni 21 nafarga, 2025 yilda esa 22 nafarga yetgan.
Isroil ommaviy axborot vositalarida keltirilgan baholaşlarga köra, harbiy xizmatçilar orasida öz joniga qasd qiliş holatlarining ortişi Ğazo sektoridagi uzoq davom etgan harbiy operatsiyalarning oğir psixologik oqibatlari, jumladan, posttravmatik stress buzilişi bilan boğliq bölişi mumkin.



