23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

NATO Rossiyaning raketa hujumlariga tayyor emas – sobiq general

Jahon 23.11.2026 16:20 0Qalampir
NATO Rossiyaning raketa hujumlariga tayyor emas – sobiq general

NATO Rossiya bilan ehtimoliy harbiy töqnaşuv yuz bergan taqdirda raketa zarbalari va dronlar hujumlariga qarşi yetarliça tayyor emas. Bu haqda AQŞ Quruqlikdagi qöşinlarining Yevropadagi sobiq qömondoni, general Ben Xodjes Şvetsiyaning SVT telekanalining hujjatli filmida ma’lum qildi.

Generalning fikriça, harbiy mojaro boşlangan taqdirda Rossiya NATO davlatlariga qarşi Ukrainada qöllayotgan ommaviy raketa hujumlari va dronlar zarbalari taktikasidan foydalanişi mumkin.

“Odessa, Kiyev yoki Xarkovda har keça nimalar sodir bölayotganini tasavvur qiling. Endi bu şaharlar örniga Germaniyadagi Bremerxafen, Polşadagi Gdansk yoki Latviyadagi Rigrani qöying. Aynan şunday holat yuz beradi”, deya ogohlantirgan Xodjes.

Uning fikriça, Rossiya zarbalarining asosiy nişonlari NATOga harbiy yuklarni Boltiqböyi davlatlariga yetkaziş uçun zarur bölgan portlar, temir yöllar va köpriklar bölişi mumkin. General ehtimoliy nişonlar qatorida Germaniyaning Bremerxafen va Şvetsiyaning Gyoteborg portlarini ham tilga olgan.

Xodjes Yevropa havo himoyasidagi asosiy muammolar sifatida öq-dorilar yetişmasligi va harbiy maşğulotlarning kamligini qayd etgan. Uning ta’kidlaşiça, AQŞning Eronga qarşi harbiy operatsiyasidan keyin öq-dorilar tanqisligi yanada kuçaygan.

General NATOni raketa hujumlari, radioelektron tösiqlar va kiberhujumlar şaroitida harakat qiliş böyiça harbiy maşğulotlarni köpaytirişga çaqirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq NATO Rossiya hududining çuqur qismidagi harbiy bazalar, qurol-yaroğ omborlari va sanoat ob’ektlariga zarba beriş imkoniyatlarini qayta körib çiqayotgani haqida xabar berilgan edi. Alyans uzoq masofali qurollardan foydalaniş va bu boradagi çeklovlarni bekor qiliş masalasini muhokama qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar