23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Putinni hibsga olmagan Tojikiston XJSdan çiqadi

Jahon 23.11.2026 15:54 0Qalampir
Putinni hibsga olmagan Tojikiston XJSdan çiqadi

Tojikiston BMTni Xalqaro jinoiy suddan (XJS) çiqişi töğrisida rasman xabardor qildi. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Antoniu Guterriş e’lon qilgan hujjatda söz boradi. 

Hujjatda qayd etilişiça, Tojikiston taşkilotni XJS Rim statutidan çiqişi haqida 20 noyabr kuni xabardor qilgan. Qaror rasmiy xabarnoma olinganidan bir yil ötib, ya’ni 2027 yil 20 noyabrda kuçga kiradi.

Tojikiston XJS Rim statutini 1998 yilda imzolagan va 2000 yilda ratifikatsiya qilgan. Hujjatga muvofiq, har qanday iştirokçi davlat BMT Boş kotibiga bu haqda yozma xabarnoma yuboriş orqali XJS Statutidan çiqişi mumkin. Agar xabarnomada keçroq muddat körsatilmagan bölsa, çiqiş töğrisidagi qaror uşbu xabarnoma olinganidan bir yil ötib kuçga kiradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqining Taşqi aloqalar xizmati Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Duşanbega kelganida, Tojikiston XJS Statuti böyiça öz majburiyatlarini bajarmaganini tanqid qilgan edi.

2023 yil 17 mart kuni XJS Rossiya yetakçisi va Rossiya Prezidenti huzuridagi bolalar huquqlari böyiça vakil Mariya Lvova-Belovani ukrainalik bolalarni “noqonuniy deportatsiya qilişda” ayblab, ularni hibsga olişga order bergan edi. Uşbu qarorni şarhlar ekan, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva XJS yurisdiksiyasini tan olmasligini qayd etgan.

Rossiya, şuningdek, bir qator boşqa davlatlar, jumladan AQŞ va Xitoy uşbu xalqaro institut işida iştirok etişdan boş tortgan. XJS 1998 yilgi Rim statuti asosida ta’sis etilgan. U BMT tarkibiga kirmaydi va Statutni ratifikatsiya qilgan mamlakatlarga hisobdor.

O‘xshash yangiliklar