23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Rossiya kosmosga yadroviy qurolli sun’iy yöldoş uçirişi mumkin

Jahon 23.11.2026 14:23 0Qalampir
Rossiya kosmosga yadroviy qurolli sun’iy yöldoş uçirişi mumkin

Ğarb razvedka xizmatlari Rossiya joriy yil oxirigaça yadroviy kallak bilan jihozlangan sun’iy yöldoşni kosmosga uçirişi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Germaniya harbiylari ham ehtimoliy uçiriş muddati dekabr oyining boşiga töğri kelişi mumkinligini bildirgan. Bu haqda “Tagesschau” naşri xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, razvedka xizmatlari va harbiylar örtasidagi ma’lumot almaşinuviga köra, “Sputnik-S” deb nomlangan sun’iy yöldoş bir neça yildan beri töliq tayyor holatda bölib, Moskva hududida saqlanmoqda. Noyabr oyi boşidagi razvedka ogohlantirişlarida uni keyingi 60 kun içida kosmosga uçiriş mumkinligi aytilgan. Germaniya Qurolli kuçlarining Kosmik qömondonligi esa uçiriş dekabr oyi boşida amalga oşirilişi ehtimolini bildirgan.

Rossiya elçixonasi uşbu ma’lumotlardan xabardor emasligini bildirib, Rossiyaning kosmik faoliyatiga oid ayblovlarni rad etgan. Diplomatik vakolatxona bu da’volarni tarğibot kampaniyasining bir qismi deb atagan. AQŞ Mudofaa razvedka agentligi ötgan yil oktyabr oyida Rossiya yadroviy qurolni taşişga möljallangan sun’iy yöldoş işlab çiqayotgani haqida hisobot e’lon qilgan. Unda bunday qurilmani Yer orbitasiga joylaştiriş 1967 yilgi Kosmos töğrisidagi şartnomani buzişi ta’kidlangan. Mazkur hujjat yadroviy va boşqa ommaviy qirğin qurollarini Yer orbitasiga joylaştirişni taqiqlaydi.

Mutaxassislar fikriça, kosmosda yadroviy portlaş sodir bölsa, Yerning past orbitasidagi köplab sun’iy yöldoşlar işdan çiqişi mumkin. AQŞ Kosmik qömondonligi rahbari Stiven Uayting bunday portlaş oqibatida past orbitadagi sun’iy yöldoşlarning taxminan uçdan bir qismi dastlabki soatlar yoki kunlardayoq işdan çiqişi, qolganlari esa keyingi oylarda asta-sekin işlaşdan töxtaşi mumkinligini aytgan.

Bundan taşqari, yadroviy portlaş oqibatida yuzaga keladigan kuçli elektromagnit impuls Yerdagi elektr ta’minoti, aloqa va navigatsiya tizimlariga ham jiddiy zarar yetkazişi mumkin. Bu esa fuqarolik infratuzilmasi bilan birga harbiy tizimlar faoliyatiga ham ta’sir körsatadi.

Germaniya harbiy mutaxassislari sönggi haftalarda uşbu ehtimoliy tahdid haqida mamlakat hukumati va mudofaa vaziri Boris Pistoriusga ma’lumot bergani aytilmoqda. WDR, NDR va SZ suriştiruvida qayd etilişiça, Ğarb harbiylari Rossiyaga nisbatan sun’iy yöldoşlarga köproq boğliq. Şu sababli kosmosdagi yadroviy portlaş Rossiyaga ehtimoliy uruş şaroitida qisqa muddatli harbiy ustunlik berişi mumkin.

Yana bir e’tiborli jihat – Ğarb razvedka xizmatlari 2022 yil fevral oyida uçirilgan Rossiyaning “Kosmos-2553” sun’iy yöldoşini ham şubha ostiga olmoqda. Rossiya uni ilmiy tadqiqotlar uçun möljallangan deb izohlagan. Biroq Ğarb razvedkasi uni yuqori darajadagi radiatsiyaning sun’iy yöldoşlarga ta’sirini örganiş uçun işlatilgan sinov qurilmasi bölişi mumkin deb hisoblaydi.

O‘xshash yangiliklar