Ukraina dronlari Rossiyadagi neft infratuzilmasi ob’ektlariga hujum qildi

Bugun, 23 noyabrga ötar keçasi Ukraina harbiy kuçlari Rossiyaning Tatariston va Rostov viloyatidagi neft infratuzilmasi ob’ektlariga, şuningdek, Perm ölkasidagi neftni qayta işlaş zavodiga hujum qildi. Hujumlar oqibatida ayrim ob’ektlarda yonğin yuzaga kelgan. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Tataristonning Almetevsk şahridagi Kaleykino neft nasos stansiyasi yana dronlar nişoniga aylangan. “Astra” va Ukrainaning “Exilenova+” monitoring loyihasi stansiya hududida yonğin çiqqanini aks ettiruvçi tasvirlarni e’lon qilgan. Tatariston rahbarining matbuot xizmati TASSga respublikadagi neft ob’ektlariga hujum qilinganini ma’lum qilgan. Bayonotda aytilişiça, uzoq davom etgan havo hujumi oqibatida bir neçta ob’ekt zarar körgan. Hodisa tufayli halok bölganlar va jabrlanganlar yöq.
Rostov viloyatida esa Ukraina dronlari Novoşaxtinsk neftni qayta işlaş zavodiga (NQIZ) zarba bergan. Guvohlar tomonidan tarqatilgan tasvirlarda şahar ustiga qora tutun kötarilganini köriş mumkin. Bundan taşqari, Perm viloyatidagi “Lukoyl-Permnefteorgsintez” neftni qayta işlaş zavodiga ham hujum qilingan. Viloyat hokimiyati Ukraina dronlari noma’lum sanoat ob’ektiga zarba berganini bildirgan. Hujum oqibatida yonğin sodir bölgan.
Kaleykino neft nasos stansiyasi Rossiya neft quvurlari tizimining muhim markazlaridan biri hisoblanadi. U “Transneft-Prikame” aksiyadorlik jamiyatiga tegişli. Ukraina dronlari uşbu stansiyaga avval ham, 19 noyabr kuni hujum qilgan edi.
Novoşaxtinsk neftni qayta işlaş zavodi Rostov viloyatidagi yagona şunday korxona bölib, Rossiya janubidagi yirik yoqilği yetkazib beruvçilardan biri hisoblanadi. Zavod avval ham Ukraina hujumlari nişoniga aylangan. Sentyabr oyi oxirida Rostov viloyati rasmiylari navbatdagi hujumdan keyin korxona faoliyati töxtatilganini ma’lum qilgan edi.
“Lukoyl-Permnefteorgsintez” esa Rossiyadagi eng yirik neftni qayta işlaş zavodlaridan biri hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, Liviyaning şarqidagi Benğozi dengiz bazasida Rossiya harbiy kemasiga dronlar hujum qilgandi. Hujum oqibatida “Merkuriy” korvetiga jiddiy zarar yetgan va baza hududida yonğin çiqqan.



