YeI Putin hibsga olinmagani uçun Tojikistonni tanqid qildi

Yevropa Ittifoqi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Tojikistonga taşrif buyurganidan afsusda ekanini ma’lum qildi. Bryussel Putinga nisbatan Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan hibsga oliş orderi berilganini eslatdi. Bu haqda Yevropa taşqi aloqalar xizmati (EEAS) bayonotida ma’lum qilindi.
Qayd etilişiça, Tojikiston Xalqaro jinoiy sudning Rim statutiga a’zo davlat hisoblanadi. Şu sababli mamlakat hibsga oliş orderini bajarişi lozim edi.
“Yevropa Ittifoqi Rim statuti ta’siridagi, butun dunyo tinçligi, xavfsizligi va farovonligiga tahdid soladigan jinoyatlar jazosiz qolmasligi kerakligini eslatadi”, deyiladi Bryussel bayonotida.
Yevropa Ittifoqi barça davlatlarni XJS bilan töliq hamkorlik qilişga, hibsga oliş orderlarini tezkorlik bilan ijro etişga, şuningdek, sud bilan ixtiyoriy kelişuvlar tuzişga çaqirgan. Bayonotda aytilişiça, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi oqibatida sodir etilgan barça xalqaro jinoyatlar, inson huquqlari buzilişi uçun töliq javobgarlikni ta’minlaşga qat’iy sodiq.
Bundan taşqari, Bryussel jabrlanuvçilarning odil sudlovga bölgan huquqlarini hurmat qiliş, yetkazilgan zararni qoplaş va kelajakda bunday jinoyatlarning oldini oliş kafolatlarini qöllab-quvvatlaydi.
Yevropa Ittifoqi XJS prokurori tomonidan Ukrainada olib borilayotgan tergovlarni qöllab-quvvatlaşda davom etmoqda va Rim statutiga a’zo barça davlatlarni sud bilan töliq hamkorlik qilişga çaqirmoqda.
“Yevropa Ittifoqi yana bir bor XJSni, şuningdek, Ukrainaning xalqaro tan olingan çegaralari doirasidagi mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy qöllab-quvvatlaşini ma’lum qiladi”, deyiladi EEAS xabarida.
Ma’lumot uçun, 2023 yil martida Xalqaro jinoiy sudi Vladimir Putinni Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilişda gumon qilib, hibsga olişga order bergan edi. Xuddi şunday order Prezident huzuridagi Bolalar huquqlari böyiça vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham çiqarilgan.
Eslatib ötamiz, 20 noyabr kuni ertalab Rossiya prezidenti Vladimir Putin amaliy taşrif bilan Tojikistonga borgan edi. Duşanbedagi xalqaro aeroportda uni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon kutib oldi.



